53
Mask: “Ukraina Qurolli kuchlariga Rossiya hududiga zarba yo‘llashga ruxsat berish jahon urushi sari qadam bo‘ladi”
Foto: Google Images
Amerikalik biznesmen Ilon Maskning fikricha, agar AQSH Ukraina Qurolli kuchlariga Rossiya hududiga zarbalar yo‘llashga ruxsat bersa, bu yangi jahon urushi sari tashlangan qadam bo‘ladi. U X ijtimoiy tarmog‘ida foydalanuvchilardan birining ushbu mavzudagi postiga shunday izoh berdi.
Foydalanuvchiga ko‘ra, “Uchinchi jahon urushi anchadan beri davom etmoqda”, ammo rasmiylar bu haqda xabar berishdan bosh tortmoqda. “Ukrainaga Rossiya hududiga zarba yo‘llashga ruxsat berilishi shubhasiz shu yo‘nalishdagi qadamdir”, deb javob bergan Ilon Mask.
AQSH davlat kotibi Entoni Blinken va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmining Kiyevga tashrifi chog‘ida Rossiyaga G‘arbda ishlab chiqarilgan uzoq masofaga uchadigan raketalar bilan zarbalar berish mavzusi muhokama qilindi.
ABC News Ukraina prezidentining ismi oshkor etilmagan yordamchisiga tayanib xabar berishicha, yig‘ilishda Ukraina Qurolli kuchlari Amerika qurollari bilan Rossiyaga zarba berishi bo‘yicha hech qanday qaror qabul qilinmagan.
Kremlning fikricha, G‘arb Rossiyaga uzoq masofali qurollar bilan zarba yo‘llashga ruxsat berish to‘g‘risida allaqachon qaror qabul qilgan va endi buni OAV orqali e’lon qilishga urinmoqda. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyaning javobi “munosib bo‘ladi” deb ogohlantirdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi