Foto: Getty Images
AQSH davlat departamenti Isroilga harbiy maqsadlarda foydalanish uchun 164,6 million dollarlik og‘ir tanklar tirkamasi va tegishli jihozlarni sotishni ma’qulladi.
Mudofaa xavfsizligi bo‘yicha hamkorlik agentligi bayonotida, mazkur qaror yuzasidan Kongressni xabardor qilish uchun zarur sertifikat berilganligini ma’lum qilingan.
Qayd etilishicha, Isroil hukumati so‘rovi asosida davlat departamenti umumiy qiymati 164,6 million dollarga teng og‘ir tank tirkamasi va unga tegishli uskunalarni sotishni ma’qullagan hamda zarur sertifikat Kongressga yuborilgan.
Yetkazib berish 2027 yilda boshlanishi kutilmoqda. Savdo sertifikati nafaqat og‘ir tank tirkamalari, balki ehtiyot qismlar, texnik xizmat ko‘rsatish va haydovchi asboblari, texnik hujjatlar va logistika yordamini ham nazarda tutadi.
Avvalroq Anadolu nashri AQSH 2023 yil 7 oktyabrda G‘azo sektoriga hujum boshlanganidan beri Isroilga 50 ming tonnadan ortiq qurol-yarog‘ yetkazib bergani haqida xabar bergandi. Isroil Mudofaa vazirligiga ko‘ra, 500 ta aviaqatnov va 107 ta dengiz transporti orqali harbiy asbob-uskuna va texnika yetkazib berilgan. Olingan jihozlar zirhli texnika, o‘q-dorilar, shaxsiy himoya vositalari va tibbiy uskunalarni o‘z ichiga oladi.
Bundan tashqari, AQSH Isroilga 20 milliard dollardan ortiq qo‘shimcha qurol eksportini ma’qullagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi