23:30 / 15.09.2024
60

“Hizbulloh” va husiylar Isroilga raketalar uchirdi

“Hizbulloh” va husiylar Isroilga raketalar uchirdi
Foto: The Jerusalem Post
Isroil mudofaa kuchlari Livandan 40 ga yaqin raketa uchirilganini ma’lum qildi. Bu haqda armiya matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Yuqori Galiliya va shimoliy Golan tepaliklari hujumga uchragan. Raketalarning bir qismi tutib olingan, snaryadlarning bir qismi ochiq joylarga tushgan. Hodisa oqibatida hech kim jarohatlanmagan va halok bo‘lmagan. Raketa xavfi haqida ogohlantiruvchi trevoga signali mahalliy vaqt bilan 08:20 da yangragan.

Yuqori Galiliyada portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan dron topilgan, u Livan hududidan uchirilgan. Aviatexnika Isroilning eng shimoliy shahri Metulada qulab tushgan. Jabrlanganlar va vayrongarchiliklar qayd etilmagan. Hujum uchun javobgarlikni Livanning “Hizbulloh” guruhi o‘z zimmasiga olgan.

Shuningdek, 15 sentyabr kuni Isroil markaziga Yamandan raketalar uchirilgan va u ochiq maydonga qulagan. Yaman husiylari matbuot xizmati rahbari o‘rinbosari Amir Nasriddin voqeani “boshlanish” deb atagan. U raketa “gipertovush tezligiga erishgani” va 11 daqiqada 2040 kilometr masofani bosib o‘tganini ta’kidlagan.

Isroil rasmiylarining ta’kidlashicha, harbiylar raketani Arrow uzoq masofali mudofaa tizimi va “Temir gumbaz” yordamida urib tushirishga uringan. Raketa bo‘laklari Kfar Daniel yaqinidagi Ben Shemen o‘rmonining ochiq joylariga, shuningdek, Modiina hududidagi temir yo‘l stansiyasiga tushgan. Qurbonlar va jiddiy vayronalar haqida xabar berilmagan.

“Bizga hujum qilgan har qanday odam bizning zarbamizdan qutula olmaydi. HAMAS buni allaqachon boshdan kechirgan”, deya munosabat bildirgan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Hizbulloh” va husiylar Isroilga raketalar uchirdi