08:00 / 16.09.2024
69

Britaniya bosh vaziri xotiniga berilgan qimmat sovg‘alar uchun tergov qilinishi mumkin

Britaniya bosh vaziri xotiniga berilgan qimmat sovg‘alar uchun tergov qilinishi mumkin
Foto: Vogue
Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer rafiqasi Viktoriyaga moliyaviy donori tomonidan berilgan sovg‘alarni deklaratsiya qilmagani uchun tergov xavfi ostida. Bu haqda The Times xabar berdi.

Gap Viktoriya Starmerga osiyolik media-magnat, Lordlar palatasi a’zosi Vohid Alli tomonidan berilgan sovg‘alar haqida ketmoqda.

Bosh vazir multimillioner biznesmen va o‘z partiyasining donori xotiniga qimmat kiyim sotib olayotganini deklaratsiya qilmay, parlament rejalarini buzdi”, deyiladi xabarda.

Donor Vohid Alli mamlakatning yuqori siyosiy sinfi bilan yaqindan tanish. U Endemol Shine Group, ITV Studios, Planet 24 va Chorion kabi bir nechta kompaniyalarda ulushlarga ega. Matbuot u haqda ko‘p yozmaydi.

Foto: Getty Images / Vohid Alli
Alli leyboristlarga bo‘lgan xayrixohligini yashirmagan va Starmerning siyosiy kampaniyasi paytida ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlagan. U siyosatchi uchun liboslarga18 ming funtdan ortiq, qarorgoh va “shaxsiy ofis” uchun 20 ming funtdan xayriya qilgan. So‘nggi bir necha yil ichida u amaldagi bosh vazir partiyasiga 500 ming funt ajratgan. Taxminan shu vaqt ichida unga Dauning-strit 10-uyga, ya’ni hukumatning rasmiy idorasiga kirishga rasmiy ruxsatnoma berishgan.

Starmerning rafiqasi Allidan shaxsiy xarid, kiyim-kechak uchun pul olgan. Bu sovg‘alar yangi bosh vazirning deklaratsiyalarida o‘z aksini topmagan.

Parlamentariylar uchun mo‘ljallangan kodeksga ko‘ra, “har qanday uchinchi tomonga taqdim etilgan naf, foyda keltirishi yoki yo‘qligidan qat’i nazar, agar u palataga a’zolik, parlament yoki siyosiy faoliyat tufayli berilgan bo‘lsa, deklaratsiya qilishi kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniya bosh vaziri xotiniga berilgan qimmat sovg‘alar uchun tergov qilinishi mumkin