Foto: PA Wire
Antibiotiklarga chidamli bakteriyalar keyingi 25 yil ichida 39 milliondan ortiq odamning o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin. Xalqaro olimlar jamoasining Lancet tibbiyot jurnalida tegishli maqolasi chop etildi.
“Bizning hisob-kitoblarga ko‘ra, 2050 yilga kelib dunyo bo‘ylab har yili mikrobga qarshi dorilarga chidamlilik tufayli 1,91 million o‘lim, mazkur dorilar bilan aloqador 8,22 million o‘lim qayd etiladi. Umuman olganda, bizning ssenariyimiz 2025 yildan 2050 yilgacha antimikrob dorilarga chidamlilik tufayli 39,1 million o‘limni va unga aloqador 169 million o‘limni prognoz qilmoqda”, deyiladi xabarda.
Olimlar Janubiy va Sharqiy Osiyo, shuningdek, Okeaniya va Sahara janubidagi Afrikada o‘limlar sonining ko‘payishini prognoz qilmoqda.
Antibiotiklar ta’sir qilmaydigan bakterial patogenlar rezistent yoki superbakteriyalar deb ataladi. JSST statistik ma’lumotlariga ko‘ra, ular bilan bog‘liq infeksiyalar dunyoda o‘lim sabablari orasida yurak xastaliklari va insultdan keyin uchinchi o‘rinda turadi. 2019 yilda ulardan 4,95 million kishi halok bo‘lgan. Metitsillin va boshqa antibiotiklarga chidamli oltin rangli stafilokokk (Staphylococcus aureus) ko‘proq xavotir uyg‘otadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi