Foto: Shutterstock
Tailandda hukumat amaldori o‘n yil davomida biror kun ham to‘liq ishlamasdan maosh va mukofotlar olganlikda ayblandi.
Ma’lum qilinishicha, amaldor Tailandning markaziy qismidagi Angthong provinsiyasida tabiiy ofatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish departamentida ishlagan.
The Thaiger gazetasiga ko‘ra, u tungi klublarda qo‘shiq kuylashga mukkasidan ketgani sababli 10 yilga yaqin vaqt davomida davlat ishidagi o‘rnida ko‘rinmagan. Ta’kidlanishicha, amaldor kechasi ishlab charchagan, kunduzgi vaqtini esa uyda uxlab o‘tkazgan. Biroq u na ishdan bo‘shatilgan, na jarimaga tortilgan, aksincha maosh hamda mukofotlarni olishda davom etgan.
Vaqti-vaqti bilan uni ofisga chaqirib, hayfsan berishgan yoki rahbariyatning so‘roviga ko‘ra, kerakli hujjatlarni imzolatishgan. Aytishlaricha, tekshiruvlardan qochish maqsadida shunday usul qo‘llangan.
Amaldorning noqonuniy xatti-harakati hukumat qonunbuzarliklarini fosh etishga bag‘ishlangan Watchdog nomli Facebook forumida oshkor qilindi.
Mahalliy hukumat holatga hech qanday munosabat bildirmadi.
Ma’lumot uchun, korrupsiyaga qarshi yetakchi nohukumat tashkiloti Transparency International tomonidan e’lon qilingan 2023 yilgi Korrupsiyani o‘zlashtirish indeksida Tailand 100 balldan 35 ball to‘plab, 180 mamlakat orasida 108-o‘rinni egallagan.
Hisobotda ta’kidlanishicha, Tailandda respondentlarning 88 foizi hukumatdagi korrupsiyani jiddiy muammo deb biladi, davlat xizmatlari bilan hamkorlik qilganlarning 24 foizi esa o‘tgan yil davomida pora bergan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi