Foto: Alamy
Londonda joylashgan Hayot sifati instituti 2024 yil uchun dunyodagi eng baxtli shaharlarning yangilangan reytingini taqdim etdi.
Shaharlardagi baxtlilik darajasi kerakli resurslarning mavjudligi, demografik xususiyatlar va ijtimoiy sharoitlar kabi ko‘plab omillarga bog‘liq, deyiladi tadqiqotda. Ushbu reytingdan jami 250 ta shahar o‘rin olgan. Baholash davomida shaharlar uch toifaga ajratildi: Oltin, kumush va bronza.
Birinchi toifaga Orhus (Daniya), Syurix (Shveysariya), Berlin (Germaniya), Gothenburg (Shvetsiya) va Amsterdam (Niderlandiya) kabilar kiradi. Bu guruhda jami 37 ta shahar mavjud.
“Kumush” darajadagi baxtli shaharlar orasida Boston (AQSH), Odense (Daniya), Oslo (Norvegiya), Melburn (Avstraliya) va Monako bor.
Uchinchi toifadagi baxtli shaharlar qatoriga Linz (Avstriya), Asan (Janubiy Koreya), Dyusseldorf (Germaniya), Uppsala (Shvetsiya), Maastriht (Niderlandiya) va boshqalar kiritildi.
Reytingdagi shaharlarning xilma-xilligiga qaramay, Markaziy Osiyodan birorta shahar ro‘yxatga kiritilmagan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 121 mamlakatni o‘z ichiga olgan eng xavfsiz davlatlar reytingida birinchi o‘rinda qayd etilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi