Foto: Tasnim agentligi
Eron hukumati Livan xalqiga hamdardlik bildirib, Isroil havo kuchlarining Bayrut janubidagi "Hizbulloh"ning yerosti qarorgohiga bergan zarbasi ortidan tegishli choralar ko‘rishini ma’lum qildi. Bu haqda Eron Islom Respublikasi prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon ma’lum qildi, deb xabar beradi Tasnim agentligi.
“Eron Islom Respublikasi hukumati sionistlarning so‘nggi jinoyati yuzasidan chora ko‘radi va har doim Livan xalqi tarafida bo‘ladi”, - dedi Eron prezidenti.
Shuningdek, Eron prezidenti hujum oqibatida halok bo‘lgan va yaralangan barcha insonlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi va voqeani "urush jinoyati" deb atadi.
Kecha 27 sentyabr kuni Isroil mudofaa kuchlari Bayrutdagi “Hizbulloh” harakati markaziy qarorgohi binosiga zarba berganini ma’lum qildi.
Bir muncha vaqt oldin harbiy kuchlarimiz “Hizbulloh” harakatining markazi bo‘lgan qarorgohga aniq zarba berdi, deyiladi armiya vakili Daniel Hagariy e’lon qilgan bayonotda.
Isroil harbiylari shu hafta boshida Livandagi “Hizbulloh”ning nishonlariga zarba berish uchun keng ko‘lamli operatsiya boshlagandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi