23:48 / 28.09.2024
44

Pekin AQSHni “yagona Xitoy” tamoyiliga qat’iy amal qilishga chaqirdi

Pekin AQSHni “yagona Xitoy” tamoyiliga qat’iy amal qilishga chaqirdi
Foto: Missouri State
Qo‘shma Shtatlar Tayvan bilan munosabatlarida “yagona Xitoy” tamoyiliga qat’iy amal qilishi kerak, deya Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I ma’lum qildi. Uning fikricha, bu Vashington va Pekin o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning asosidir.

Agar Qo‘shma Shtatlar haqiqatan ham Tayvan bo‘g‘ozida tinchlik va barqarorlikka umid qilsa, u "yagona Xitoy" tamoyiliga rioya qilishi, uchta qo‘shma kommyunikeni amalga oshirishi, Tayvanni qurollantirishni to‘xtatishi, "Tayvan mustaqilligi"ga ommaviy ravishda qarshi chiqishi va Xitoyning tinch yo‘l bilan birlashishini qo‘llab-quvvatlashi kerak”, dedi Van I AQSH davlat kotibi Entoni Blinken bilan BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasi doirasidagi uchrashuvda.

Xitoylik vazirning ta’kidlashicha, “Tayvan bo‘g‘ozidagi hozirgi vaziyatning eng katta xavfi - bu orolning mustaqilligini e’lon qilgan Tayvan rahbari Lay Sindening tobora o‘zini tuta olmaydigan xatti-harakatlari”dir.

Tayvan mustaqilligi” Tayvan bo‘g‘ozida tinchlik o‘rnatish bilan mos kelmaydi”, deya qo‘shimcha qilgan xitoylik diplomat.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pekin AQSHni “yagona Xitoy” tamoyiliga qat’iy amal qilishga chaqirdi