Foto: bm.ge
Belgiyada NATOning sobiq bosh kotibi Yens Stoltenberg ustidan Ukrainada Rossiyaga qarshi mojaroni boshlashda ishtirok etganlik, NATO davlatlari xavfsizligiga hujum, tinchlikka qarshi jinoyatlar, bir guruh odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazganlik aybi bilan sudga shikoyat kelib tushdi.
Bu haqda da’vogar, Ukrainadagi mojaro bo‘yicha tadqiqotchi va uning avj olishida G‘arbning bevosita javobgarligi haqidagi kitob muallifi, Fransiya fuqarosi Patrik Pazen Bryusseldagi matbuot anjumanida ma’lum qildi. Unga ko‘ra, da’vo Bryussel sudiga 27-sentyabr kuni berilgan, sobiq bosh kotib hozircha bu haqda izoh bermagan.
Pazen aprel oyida sudga borish rejalarini e’lon qilgan. Da’vo matni 51 sahifadan iborat. Da’vogarning ta’kidlashicha, Stoltenberg “tinchlikka qarshi jinoyatlarni tashkil etuvchi aniq harakatlarni amalga oshirish uchun uyushgan reja yoki fitnada” ishtirok etgan. Ukrainaning Rossiya bilan mojaroga tayyorlanayotganiga dalil sifatida u Fransiyaning sobiq prezidenti Fransua Ollandning Minsk kelishuvlari Ukrainaga harbiy salohiyatini mustahkamlashga yordam bergani haqidagi bayonotiga ishora qilgan.
Mojaroning boshlanishiga olib kelgani da’vo qilingan “provokatsiyalar” orasida fransuz nashriyotchisi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning 2022 yil fevral oyida Myunxen xavfsizlik konferensiyasida Rossiya qo‘shinlari kiritilishidan bir necha kun oldin qilgan bayonotini sanab o‘tgan. O‘shanda Zelenskiy 1994 yilgi Ukraina xavfsizlik va hududiy yaxlitlik kafolati evaziga yadroviy quroldan voz kechishga rozi bo‘lgan Budapesht memorandumini bekor qilish bilan tahdid qilgan.
Da’vogar, shuningdek, NATO sobiq bosh kotibini mojaroning oldini olish bo‘yicha diplomatik sa’y-harakatlarga, shu jumladan, alyans 2022 yil yanvar oyida Rossiyaning xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha talablarini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgani uchun sabotaj qilishda ayblagan.
“Yens Stoltenbergning NATO bosh kotibi sifatidagi harakatlari Belgiya qonunchiligiga ko‘ra umrbod qamoq jazosiga loyiq bo‘lishi mumkin”, dedi da’vogarning manfaatlarini himoya qiluvchi advokat Filipp Vanlangendonk.
Uning ta’kidlashicha, “gap juda jiddiy ayblovlar haqida ketmoqda”.
1 oktyabr kuni Stoltenberg o‘n yil davomida egallab turgan lavozimini tark etgan edi. Uning o‘rnini Gollandiyaning sobiq bosh vaziri Mark Ryutte egalladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar