14:48 / 04.10.2024
9

Prokuror: Tramp Kapitoliyga hujum ishi bo‘yicha daxlsizlikka ega emas

Prokuror: Tramp Kapitoliyga hujum ishi bo‘yicha daxlsizlikka ega emas
Foto: Reuters
Vashingtondagi federal okrug sudi 2 oktyabr, chorshanba kuni maxsus prokuror Jek Smit tomonidan AQSH sobiq prezidenti Donald Trampga 2021 yil 6 yanvar voqealariga sheriklikda ayblovlar qo‘yganlik uchun tayyorlangan jinoiy jinoiy ayblov xulosasining yangi tahririni e’lon qildi. O‘shanda Tramp tarafdorlari Kongress Jo Baydenning prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganini tasdiqlamasligi uchun Kapitoliy binosiga bostirib kirishdi.

Smitning ta’kidlashicha, Tramp jinoyat sodir etgan va uning harakatlari prezidentlik daxlsizligiga kirmaydi. U, Oliy sud avvalroq tasdiqlaganidek, AQSH prezidentining o‘z rasmiy vazifalarini bevosita bajarishi chog‘ida qilgan har qanday xatti-harakatlariga taalluqlidir. Maxsus maslahatchiga ko‘ra, Tramp saylov natijalarini o‘zgartirishga urinib, AQSH prezidenti sifatida emas, balki shaxsiy fuqaro sifatida harakat qilgan.

Tramp migrantlar «mushuk yeyishi» haqidagi yolg‘oni uchun sudga berildi

AQSHning Springfild shahridagi Haiti diasporasi vakillari AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampning orol davlatidan kelgan muhojirlar uy hayvonlarini o‘g‘irlab ketayotgani va yeyayotgani haqidagi da’volari yuzasidan Mayami federal sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qildi. 27 sentyabrdagi hujjatda ayblanuvchilar ro‘yxatida respublikachilar partiyasidan vitse-prezidentlikka nomzod Jeyms Devid Vens va avvalroq Trampning da’volarini qo‘llab-quvvatlovchi xabarlarni tarqatgan X ijtimoiy tarmoq egasi Ilon Mask ham bor.

«Oxirgi ikki hafta davomida haitilik muhojirlar »mushuk va it yeyishi» haqidagi da’volar yolg‘on ekanligi haqida bir necha bor aytilgan bo‘lsa-da, ayblanuvchilar uni tarqatishda davom etmoqda. Bu bayonotlar haitilik muhojirlarga tuhmat qilish va hayotini xavf ostiga qo‘yish maqsadida tarqatilyapti», — deyiladi bayonotda.

Tuhmat, nafrat qo‘zg‘atish, zo‘ravonlikka undash va haitilik muhojirlar fuqarolik huquqlarini buzishga qaratilgan fitna — bu The Haitian Diaspora PAC va Office of the Haitian Diaspora guruhlari tomonidan Trampga qo‘yilgan ayblovlarning faqat bir qismidir. «Hech kimning butun bir guruh odamlarga tuhmat qilishga, ularga qarshi yolg‘on tarqatish orqali kundalik hayotini xavf ostiga qo‘yishga haqi yo‘q», deb ta’kidladilar da’vo loyihasi mualliflari.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Prokuror: Tramp Kapitoliyga hujum ishi bo‘yicha daxlsizlikka ega emas
ePN