Singapur bosh vaziri Lourens Vong / Foto: AFP
PoliticalSalaries hisob-kitoblariga ko‘ra, davlatlarning eng ko‘p maosh oluvchi rahbarlari orasida Singapur bosh vaziri Lourens Vong peshqadamlik qilmoqda. U yiliga taxminan 1,69 million dollar maosh oladi, deb yozdi Forbes.
Undan keyingi o‘rinni deyarli uch barobar orqada qolgan holda Shveysariya prezidenti Viola Amherd egalladi. AQSH prezidenti Jo Bayden to‘rtinchi o‘rinda qayd etildi.
Top-10 eng ko‘p maosh oluvchi rahbarlar reytingi:
1. Singapur bosh vaziri Lourens Vong – yiliga 1,69 mln $;
2. Shveysariya prezidenti Viola Amherd – 569,5 ming $;
3. Avstraliya bosh vaziri Entoni Albaniz – 412,5 ming $;
4. AQSH prezidenti Jo Bayden - 400 ming $;
5. Avstriya kansleri Karl Nehammer – 316,7 ming $;
6. Yangi Zelandiya bosh vaziri Kristofer Lakson – 310,5 ming $;
7. Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo — 301 ming $;
8. Germaniya kansleri Olaf Shols – 293,3 ming $;
9. Yaponiya bosh vaziri Shigeru Ishiba – 276,4 ming $;
10. Irlandiya bosh vaziri Saymon Harris - 267,3 ming $.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin reytingda 28-o‘rinni egalladi. Uning yillik maoshi 113,6 ming dollarga teng.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an yiliga 35,7 ming dollar maosh bilan yanada quyi o‘rinlardan joy oldi.
Efiopiya bosh vaziri Abiy Ahmad Ali eng kambag‘al rahbar – u yiliga bor-yo‘g‘i 1,7 ming dollar maosh oladi. Nigeriya prezidenti Bola Tinubu (2,2 ming $) va Mo‘g‘uliston bosh vaziri Luvsannamsrayn Oyuun-Erdene (3,8 ming $) mehnati biroz ko‘proq baholanadi.
Reytingda O‘zbekiston, Qozog‘iston va boshqa MDH davlatlari bo‘yicha ma’lumotlar keltirilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar