Foto: Depositphotos
Indoneziyalik erkak pulini qimor o‘yinlariga sarflash uchun o‘zining 11 oylik o‘g‘lini sotib yubordi, deb yozadi Daily Mail.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ota o‘zining qimor o‘yinlarini moliyalashtirish uchun rafiqasiga bildirmay shartnoma tuzgan. Erkak bola uchun 800 dollarga yaqin pul olgan. 36 yoshli ota Internetda qimor o‘ynash uchun pullarni hisob raqamiga joylagan.
Voqea ona o‘g‘lining yo‘qolganini payqab, politsiyaga murojaat qilganida ma’lum bo‘lgan.
Tergovchilar tomonidan so‘roq qilingandan so‘ng erkak qarzini kamaytirish uchun bolasini sotganini tan olgan.
Xaridor deb taxmin qilinganlar ham odam savdosiga aloqadorlikda gumon qilinib hibsga olingan. Indoneziyada ushbu turdagi jinoyat uchun 15 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi