Foto: Karl Möls
14 oktyabr, dushanba kuni NATOning alyansga a’zo mamlakatlarni himoya qilish bo‘yicha ikki haftalik yillik manyovrlari boshlanadi, ular davomida yadro qurolidan foydalanish amaliyoti o‘tkaziladi. NATOning Bryusseldagi shtab-kvartirasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Steadfast Noon mashg‘ulotlarida Yevropaning sakkizta havo bazasida joylashgan 2000 ga yaqin askar ishtirok etadi.
Havo manyovrlarida 60 dan ortiq samolyotlar, jumladan, AQSHning Yevropada joylashgan yadro bombalarini olib yurishga qodir zamonaviy qiruvchi samolyotlar, uzoq masofali bombardimonchi samolyotlar, shuningdek, kuzatuv va yonilg‘i quyish samolyotlari ishtirok etadi.
Joriy yilda manyovrlar Belgiya va Niderlandiyadagi havo bazalarida, shuningdek, Shimoliy dengiz uzra – Buyuk Britaniya va Daniya havo kengliklarida bo‘lib o‘tadi. Harbiy mashg‘ulotlarda NATOga a’zo 13 davlat, jumladan Germaniya samolyotlari qatnashmoqda.
NATO Yevropada yillik yadroviy mashg‘ulotlar boshlanishini e’lon qildi
NATOning o‘z hududini yadroviy hujumdan himoya qilish bo‘yicha Steadfast Noon nomli yillik mashg‘ulotlari 14 oktyabrda boshlanadi. Bu haqda 10 oktyabr kuni Londonda NATO bosh kotibi Mark Ryutte ma’lum qildi.
«Beqaror dunyoda dushmanlar NATO har qanday tahdidga javob berishga tayyor va qodir ekanligini bilishlari uchun mudofaa kuchimizni sinab ko‘rishimiz va mustahkamlashimiz juda muhim», — deya tushuntirdi Ryutte. Shimoliy Atlantika alyansi ta’kidlashicha, Steadfast Noon mashqlari Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkor urushiga reaksiya emas, deb yozadi dpa agentligi.
NATO, Yadro quroli, Sinovdan o‘tkazish, Mashqlar “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi