07:24 / 18.10.2024
89

Yaponiya Ukrainaga minalardan tozalash uchun dronlar etkazib beradi

Япония Украинага миналардан тозалаш учун дронлар eтказиб беради
Foto: Global Look Press
Yaponiyaning Nagoya shahridagi sanoat dronlarini ishlab chiqaruvchi Prodrone kompaniyasi hududini minalardan tozalash uchun Ukrainaga dronlar etkazib berishni rejalashtirmoqda.

Ma'lum boʻlishicha, ushbu dronlar er yuzasidan taxminan 50 santimetr balandlikda harakatlana oladi. Prodrone dronlarni ishlab chiqarish uchun 400 ming dollar subsidiya oladi, etkazib berish 2025 yilda boshlanishi kutilmoqda.

Avvalroq Slovakiya Ukraina hududini minalardan tozalashda yordam berishga tayyorligi aytilgan edi. Bu haqda respublika bosh vaziri Robert Fitso ma'lum qilgan. Uning ta'kidlashicha, Slovakiya Mudofaa vaziri Robert Kaliniak minalardan tozalash boʻyicha katta reja taqdim etgan, Bratislava buni Ukraina uchun juda muhim deb hisoblaydi.

Oktyabr oyi boshida Jahon banki direktorlar kengashi Ukrainani qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi jamgʻarma tashkil etilishini ma'qullagan edi.

Jamgʻarmaga AQSh, Kanada va Yaponiya hissa qoʻshishi kutilayotgani aytilgan.

10 oktyabr kuni bank tegishli qarorni qabul qilgan. Bunga qarshi chiqqan yagona davlat Rossiya boʻlgan. Yangi jamgʻarma G7 Ukrainaga yil oxiriga qadar 50 milliard dollargacha mablagʻ ajratish va'dasini bajarishga yordam berishi kutilmoqda. Davlatlar jamgʻarmaga qancha mablagʻ qoʻshishi hozircha noma'lum.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo