19:55 / 18.10.2024
23

Insoniyat yaqin 25 yilda suv va oziq-ovqat tanqisligiga duch keladi

Insoniyat yaqin 25 yilda suv va oziq-ovqat tanqisligiga duch keladi
Foto: EPA
Kelgusi 25 yil ichida butun dunyo suv inqirozining kuchayishi tufayli oziq-ovqat ishlab chiqarishda muammolarga duch keladi. Bu haqda Suv resurslari iqtisodiyoti bo‘yicha xalqaro komissiya ma’lum qildi.

Yer yuzi aholisining yarmida suv tanqisligi allaqachon boshlangan va bu raqam iqlim inqirozi kuchayishi bilan ortib boradi. Komissiyaning ta’kidlashicha, 2030 yilgacha chuchuk suvga bo‘lgan talab taklifdan ancha yuqori bo‘ladi.

Hisobotda ta’kidlanishicha, davlatlar va mutaxassislar bir kishiga bir kunda zarur bo‘ladigan suv miqdorini to‘g‘ri baholay olmayapti: salomatlik va gigiyenani saqlash uchun kuniga 50-100 litr suv talab etilsa, munosib hayot kechirish, shu jumladan, ovqatlanish uchun taxminan 4000 litr suv kerak bo‘ladi. Aksariyat hududlarda bunday miqdordagi suvni topish imkonsiz.

Suv resurslari iqtisodiyoti bo‘yicha xalqaro komissiya suv resurslarining holati haqida tasavvur hosil qilish maqsadida 2022 yilda Niderlandiya tomonidan tashkil etilgandi. Uning hisoboti suv inqirozi bo‘yicha eng keng qamrovli tadqiqot hisoblanadi.

Avvalroq Yevropa atrof-muhit agentligi Yevropadagi ko‘llar va daryolarning faqat uchdan bir qismi yaxshi holatda ekani haqida hisobot e’lon qilgandi.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, Yevropa hududining 20 foizi va aholisining 30 foizi har yili suv tanqisligidan aziyat chekmoqda va kelajakda bu ko‘rsatkichlar iqlim o‘zgarishi tufayli oshishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Insoniyat yaqin 25 yilda suv va oziq-ovqat tanqisligiga duch keladi