Putin: “Rossiya Ukraina bilan mojaro tezroq va tinch yo‘l bilan tugatilishidan manfaatdor”

Foto: “Report.az”
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva Ukraina bilan mojaro tezroq va tinch yo‘l bilan tugatilishidan manfaatdor ekanini aytdi. Bu haqda Rossiya prezidenti bugun, 18 oktyabrda BRICS'ga a’zo davlatlar OAV rahbarlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
“Biz Ukrainadagi mojaro imkon qadar tezroq va, albatta, tinch yo‘l bilan yakunlashidan hammadan ko‘ra ko‘proq manfaatdormiz”, dedi Putin.
Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Oliy Radada g‘alaba rejasini taqdim qilgandi. Reja 5 ta band va 3 ta maxfiy qo‘shimchadan iborat bo‘lib, uning birinchi bandida urush tugagunga qadar Ukrainani NATOga qabul qilish masalasi ko‘rsatilgan.
NATO bosh kotibi Mark Ryutte Zelenskiyning mazkur rejasi yopiq eshiklar ortida muhokama qilinishi kerakligini aytdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva Ukraina bilan mojaro tezroq va tinch yo‘l bilan tugatilishidan manfaatdor ekanini aytdi. Bu haqda Rossiya prezidenti bugun, 18 oktyabrda BRICS'ga a’zo davlatlar OAV rahbarlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
“Biz Ukrainadagi mojaro imkon qadar tezroq va, albatta, tinch yo‘l bilan yakunlashidan hammadan ko‘ra ko‘proq manfaatdormiz”, dedi Putin.
Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Oliy Radada g‘alaba rejasini taqdim qilgandi. Reja 5 ta band va 3 ta maxfiy qo‘shimchadan iborat bo‘lib, uning birinchi bandida urush tugagunga qadar Ukrainani NATOga qabul qilish masalasi ko‘rsatilgan.
NATO bosh kotibi Mark Ryutte Zelenskiyning mazkur rejasi yopiq eshiklar ortida muhokama qilinishi kerakligini aytdi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…