Ikki qo‘li va ko‘rish qobiliyatidan ayrilgan harbiy hayotga qayta moslashmoqda

1 daqiqa o'qish2
Ikki qo‘li va ko‘rish qobiliyatidan ayrilgan harbiy hayotga qayta moslashmoqda

Rossiyaning dron hujumi oqibatida ukrainalik harbiy Aleksandr Pilipets ikki qo‘li va ko‘rish qobiliyatidan ayrildi. U yuzidan ham og‘ir jarohatlar oldi. Bir yarim oydan ortiq vaqt sun’iy komada bo‘lgan Aleksandr uzoq davom etadigan tiklanish jarayonini boshladi. Hozirda rafiqasi va farzandlari ko‘magida u mustaqil hayotga qaytishni o‘rganmoqda. Bu haqda «Ozodlik» radiosining ukrain xizmati hikoya qildi.

Hodisa 2025 yil 17 oktyabr kuni Donetsk viloyatida sodir bo‘lgan. Aleksandr xizmatdoshi bilan mashinada ketayotganida ularning avtomobiliga FPV-dron zarba bergan. Harbiyning rafiqasi Irina og‘ir xabarni ertasi kuni olgan va zudlik bilan turmush o‘rtog‘i davolanayotgan shifoxonaga yo‘l olgan.

Aleksandrning jarohatlari juda og‘ir bo‘lgan. Uning yuzidagi suyak va yumshoq to‘qimalarning katta qismi shikastlangan, ikki ko‘zi ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan. Qo‘llari ham og‘ir jarohatlangan: chap qo‘li panjasidan ayrilgan, o‘ng qo‘lida esa bir nechta barmoq saqlanib qolgan bo‘lsa-da, ulardan foydalanish imkoni bo‘lmagan.

Shifokorlar uning hayotini saqlab qolish uchun bir necha marta jarrohlik amaliyoti o‘tkazgan. Aleksandr bir yarim oy sun’iy komada bo‘lgan. Bu davrda rafiqasi Irina uning yonida bo‘lib, har kuni gaplashib, o‘zini tanishtirib turgan.

Ikki qo‘li va ko‘rish qobiliyatidan ayrilgan harbiy hayotga qayta moslashmoqda

Hozirda Aleksandr kundalik hayotdagi oddiy harakatlarni qayta o‘rganmoqda. U mustaqil kiyinish, yuvinish, tishlarini tozalash va maxsus dastur yordamida telefondan foydalanishni o‘zlashtiryapti. Ovozli boshqaruv texnologiyalari unga qo‘ng‘iroq qilish, xabarlarga javob berish va internetdan ma’lumot topishda yordam bermoqda.

Uning rafiqasi ham turmush o‘rtog‘iga hamrohlik qilish va uning kundalik hayotida yordam berish ko‘nikmalarini o‘rganmoqda. Oila a’zolari uchun reabilitatsiya jarayoni oson kechmayapti. Biroq ular birgalikda yangi hayotga moslashishga harakat qilmoqda.

Aleksandrning tiklanishi hali davom etmoqda. Unga protezlar, keyingi tibbiy muolajalar va reabilitatsiya kerak. Shunga qaramay, u rafiqasi va farzandlari yonida hayotini qayta qurish uchun kurashmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?