O‘zbekistonda dam olish kunlari kutilmagan ob-havo o‘zgarishi kuzatiladi

1 daqiqa o'qish3
O‘zbekistonda dam olish kunlari kutilmagan ob-havo o‘zgarishi kuzatiladi

O‘zbekistonda 14–15 noyabr kunlari ob-havo yog‘ingarchiliksiz o‘tishi va havo harorati asta-sekin ko‘tarilishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda tuman tushishi ehtimoli bor.

«O‘zgidromet» ma’lumotlariga ko‘ra, 13 noyabr kuni kunduzi respublika bo‘ylab havo harorati 5–10 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Dam olish kunlari, ya’ni 14–15 noyabr kunlari esa harorat bosqichma-bosqich ko‘tarilib, 10–15 daraja iliqni tashkil etadi.

Shu bilan birga, mamlakatning ba’zi hududlarida tuman kuzatilishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi. 13 noyabr kuni janubiy hududlarning ayrim joylarida shamol tezligi sekundiga 13–18 metrgacha kuchayishi ehtimoli mavjud.

Respublika tog‘oldi va tog‘li hududlarida esa 13 noyabr kuni ba’zi joylarda yomg‘ir va qor ko‘rinishida yog‘ingarchilik bo‘lishi prognoz qilingan. Ayrim hududlarda yog‘ingarchilik kuchli tus olishi ham mumkin.

Poytaxt Toshkent shahrida 14–15 noyabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Biroq kechasi va ertalabki soatlarda tuman tushishi ehtimoli bor. Havo harorati kechalari 2–4 daraja iliq bo‘ladi. Kunduzi esa 13 noyabr kuni 7–9 daraja, 14–15 noyabr kunlari 13–15 daraja iliq atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?