Foto: Videodan kadr
Kolumbiyaning Medelin shahrida italiyalik Gustavo Nochella (Germes) qo‘lga olindi. Politsiya uni Italiya mafiyasining yana bir “cho‘qintirgan otasi“ va dunyodagi eng ko‘p qidiruvda bo‘lgan narkobaronlardan biri deb ataydi. Bu haqda Semana xabar berdi.
58 yoshli Germesni bilyard o‘yiniga bo‘lgan ishtiyoqi tufayli qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lishdi. Kolumbiya politsiyasi italiyalik hamkasblari, Yevropol va Britaniya bilan hamkorlikda narkobaronni hibsga olish operatsiyasini o‘tkazdi.
Kolumbiya politsiya boshlig‘i Uilyam Rene Salamanka jinoyatchini bilyard stoli fosh etgani haqida ma’lum qildi. Jumladan, Germes har uch oyda kvartirasini almashtirgan, ammo har bir yangi uyiga bilyard stoli buyurtma qilgan.
Ta’kidlanishicha, Germes “Rinaldi-Formikola, Amato-Pagano va De Mikko klanlari hamda Janubiy Amerika mafiyasi o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘in“ hisoblanadi. U giyohvand moddalarning yirik partiyalari savdosi bilan shug‘ullangani aytilmoqda. Operatsiyaga tayyorgarlik yarim yil davomida olib borildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi