
Kecha, 27 oktyabr kuni Yaponiyadagi parlament saylovida 1955 yildan buyon kichik tanaffuslar bilan yetakchilikni saqlab kelayotgan LDP-Komeito o‘ng-markaz koalitsiyasi qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi. Koalitsiya parlamentdagi 64 ta o‘rinni boy berib, atigi 215 ta o‘rinni saqlab qoldi.
So‘nggi martotaba koalitsiya 2009 yilda saylovni boy bergandi.
Yaponiya parlamentida ko‘pchilik — 235 o‘rinni muxolifatchi partiyalar keng alyansi qo‘lga kiritdi, bular orasida eng ko‘p ovozni (148 ta o‘rin) liberal Konstitutsion-demokratik partiya to‘pladi.
Mamlakat parlamentida yetakchilik uchun 233 ta o‘rin kifoya.

Manba: Asahi Shimbun
Sigeru Isibaning raislikka kelishi ham, iqtisodiy revitalizatsiya bo‘yicha va’dalar ham (aholi jon boshiga YAIM bo‘yicha Tayvan va Janubiy Koreya Yaponiyani ortda qoldirgan), liberal-demokratlarga yordam berolmadi. Kamiga 2023-2024 yillardagi korrupsion mojaro o‘lgannning ustiga tepgan bo‘ldi. O‘shanda aniqlanishicha, LDPning bir necha partiya mutasaddilari salkam 4 mln dollar saylovoldi mablag‘larini o‘zlashtirib olgan.
Shunga qaramasdan, parlamentda endi ko‘pchilikka aylangan muxolifatchilarning mo‘rt ittifoqi kurs o‘zgarishini kafolatlay olishi shubha ostida: Japan Times ekspertlarining fikricha, LDP bir nechta mayda partiyani o‘ziga og‘dirib, hukumat ishini falajlab qo‘yishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar