20:43 / 30.10.2024
56

Hindistonlik millioner Ratan Tata barcha boyligini itiga meros qoldirdi

Hindistonlik millioner Ratan Tata barcha boyligini itiga meros qoldirdi
Biznes-magnat Ratan Tata 86 yoshida Mumbayda vafot etdi. Uning hech qachon oilasi va farzandlari bo‘lmagan. O‘limidan ikki hafta o‘tgach, u boyligining katta qismini (118 million dollar) sevimli iti — Tito laqabli nemis ovcharkasiga, bir qismini esa bosh yordamchisi Konar Subbiahga hamda oshpazi Rajan Shouga vasiyat qilgani ma’lum bo‘ldi. Tata mulkining juda kam qismini aka-uka va opa-singillariga qoldirgan.

Foto: The Times
Ratan Tata o‘z vasiyatnomasida uning uy hayvoniga “cheksiz g‘amxo‘rlik qilish” shartligini ko‘rsatdi. Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, uning iti o‘limigacha Ratanning yonida bo‘lgan, deb yozadi The Times nashri.

Hindistonlik biznesmen butun umri davomida hayvonlarga nisbatan o‘zining rahm-shafqati va mehri bilan ajralib turgan. Tata Group shtab-kvartirasidagi darvozabonlarga hech qachon qarovsiz hayvonlarni orqaga qaytarmaslik kerakligi aytilgan. Ratanning yaqin do‘sti Suhel Setning so‘zlariga ko‘ra, Titoga g‘amxo‘rlik qilayotgan yordamchi va oshpazga qoldirilgan mablag‘ miqdori juda katta:

Endilikda ular umri davomida hech qachon ishlashga majbur bo‘lmaydi”, deydi tadbirkorning do‘sti.

Foto: Forbes India
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Tatani “biznes lideri, rahmdil inson va buyuk shaxs” deb atadi.

Ratan Tata 1937 yilda Bombeyda (hozirgi Mumbay) tug‘ilgan. U yoshligida me’mor bo‘lishni orzu qilgan va AQSHda yashab yurgan paytida uni tarbiyalagan buvisi uyga qaytib, oilaviy biznesda ishlashni iltimos qilgan. Shunday qilib, Tataning TISCO nomli tuz va po‘lat ishlab chiqaruvchi kompaniyasidagi faoliyati boshlangan. 1991 yildan boshlab Tata oilaviy biznesni boshqara boshladi va yillar davomida korxona 100 dan ortiq kompaniyalarni birlashtirgan yirik korporatsiyaga aylandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonlik millioner Ratan Tata barcha boyligini itiga meros qoldirdi