10:16 / 31.10.2024
57

Gurjiston prezidenti Zurabishvili prokuraturaga borishdan bosh tortdi

Gurjiston prezidenti Zurabishvili prokuraturaga borishdan bosh tortdi
Foto: Aleksandr Patrin/ TASS
Gurjiston prezidenti Salome Zurabishvili prokuraturaga so‘roq uchun borishdan bosh tortdi, u parlament saylovlari natijalarini soxtalashtirish haqidagi so‘zlari yuzasidan tushuntirish berish uchun chaqirilgandi. «Men prokuraturaga bormayman», dedi Zurabishvili 30 oktyabr, chorshanba kuni ingliz tilida o‘tkazgan matbuot anjumanida.

Zurabishvili o‘zining soxtalashtirish dalillarini taqdim etish uchun prokuraturaga chaqirilishini ahamiyatsiz deb atadi, chunki uning so‘zlariga ko‘ra, tergovni prokurorlarning o‘zlari olib borishi kerak. «Har qanday standart tergovda dalil to‘plash tergov idorasining zimmasidadir, men hech qachon tergov idorasi prezidentdan saylovlar bilan bog‘liq dalillarni taqdim etishni so‘raganini ko‘rmaganman», dedi Zurabishvili.

Uning qo‘shimcha qilishicha, har kim o‘z ishini qilishi kerak, prokurorlar esa tergovga e’tibor qaratishi va «prezident bilan siyosiy hisob-kitoblarni to‘xtatishi» kerak. Zurabishvili jamoatchilikka murojaat qilar ekan, Gurjistonda «o‘g‘irlangan ovozlardan hafsalasi pir bo‘lgan vaziyatda keskinlik va qo‘rquvni qo‘zg‘atishga» urinishlar borligini aytdi. «Sizga ham, menga ham psixologik bosim o‘tkazilmoqda, lekin qo‘rqmasligingiz kerak, hamma narsa xotirjam o‘tadi va haqiqiy natijalar paydo bo‘ladi», dedi prezident.

Borrel Gurjiston saylovlari bo‘yicha «shaffof tekshiruv»ni talab qildi

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Gurjistondagi parlament saylovlaridagi soxtalashtirishlar bo‘yicha «shaffof tekshiruv» o‘tkazishga chaqirdi. «Gurjiston Markaziy saylov komissiyasi va tegishli organlar kuzatuvchilar tomonidan bildirilganidek, jarayonga jamoatchilik ishonchiga ta’sir ko‘rsatuvchi qonunbuzarliklar, bosim va saylovchilarni qo‘rqitish holatlarini tekshirishi kerak. Bu qonunbuzarliklar tezkor, shaffof va mustaqil ravishda hal qilinishi kerak», — deyiladi Yevropa tashqi siyosat xizmati tomonidan 29 oktyabr kuni e’lon qilingan bayonotda.

Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari 26 oktyabrda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlaridan keyin Gurjistondagi voqealarni «juda xavotirli» deb atadi. Borrelning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro kuzatuvchilar saylov kampaniyasi davomida ham, saylov kuni ham qonunbuzarliklarni qayd etgan va ular «shuningdek, saylovlarni erkin va adolatli deb tan olishmagan».

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gurjiston prezidenti Zurabishvili prokuraturaga borishdan bosh tortdi