Xitoyda ayollarni farzand ko‘rishga undovchi qo‘ng‘iroqlar qilinmoqda

1 daqiqa o'qish102
Xitoyda ayollarni farzand ko‘rishga undovchi qo‘ng‘iroqlar qilinmoqda
Foto: SOPA Images
Yillar davomida tug‘ilishni qattiq nazorat qilib kelgan Xitoy hukumati endi ayollarni farzand ko‘rishga unday boshladi. Hukumat demografik inqirozni shu yo‘l bilan hal qilmoqchi, deb xabar berdi Radio France Internationale.

Maxsus operatorlar xitoylik ayollarga qo‘ng‘iroq qilib: “Homiladormisiz?” deb so‘rashadi. Agar ayol “yo‘q” deb javob bersa, undan “bu haqda o‘ylab ko‘rishni” iltimos qiladi.

Guansi viloyatida yashovchi 36 yoshli ayol tug‘ilish darajasini oshirish tobora ko‘proq talab qilinayotganini aytdi. Ayol unga homilador yoki yo‘qligi haqida so‘rab qo‘ng‘iroq qilgan so‘nggi operatorga e’tiroz bildirgan. U operatordan “moddiy yordam bera olasanmi yoki tug‘uruq paytida ko‘maklashasanmi” deb so‘ragan.

“Agar yordam bera olmasang, bo‘lmag‘ur gaplarni bas qil”, — deya jahl qilgan ayol.

Ketma-ket ikki yil davomida Xitoy aholisining soni kamayib bormoqda. 2023 yilda tug‘ilish darajasi eng past ko‘rsatkichga yetdi.

Avvalroq Xitoy xorijliklarga mamlakatdagi bolalarni farzandlikka berish dasturini to‘xtatgan edi.

1990 yillar boshidan beri Xitoy o‘n minglab bolalarni xorijga farzandlikka bergan, ularning qariyb yarmi AQSHga yuborilgan. Bu voqealar “bir bola” siyosati sharoitida yuz berdi. 1979 yildan 2015 yilgacha amal qilgan ushbu siyosat tufayli ko‘plab xitoylik oilalar o‘z farzandlaridan, ayniqsa qizlardan va nogironligi bo‘lgan chaqaloqlardan voz kechishga majbur bo‘lgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?