19:29 / 31.10.2024
15

Germaniya kansleri Eronni Isroil zarbalaridan so‘ng «vaziyatni keskinlashtirmaslikka» chaqirdi

Germaniya kansleri Eronni Isroil zarbalaridan so‘ng «vaziyatni keskinlashtirmaslikka» chaqirdi
Foto: Sebastian Gollnow / Globallookpress
Germaniya kansleri Olaf Shols Eronni Isroil zarbalaridan so‘ng «qarama-qarshilikni kuchaytirmaslikka» chaqirdi. X platformasida chop etilgan bayonotda, Shols Isroil hukumati yaqinda amalga oshirilgan raketa hujumidan so‘ng ularni Eron harbiy obyektlariga qarshi javob zarbalari haqida xabardor qilganini ta’kidladi.

Shols tinch aholiga yetkazilgan zararni minimallashtirish uchun chora ko‘rilganini, bu esa vaziyat yanada keskinlashishining oldini olishga yordam berishini ta’kidladi. «Mening Eronga xabarim aniq: taranglik davom eta olmaydi. Bu tugashi kerak. Shundagina Yaqin Sharqda tinch rivojlanish imkoniyati paydo bo‘ladi», — deydi u.

Shols, shuningdek, o‘t ochishni to‘xtatish va G‘azodagi asirlarni ozod qilish zarurligini ta’kidlab, barcha tomonlarni bunga chaqirdi. Livan masalasida u «BMT 1701-rezolyutsiyasi barcha tomonlar uchun yo‘l-yo‘riq bo‘lib qolmoqda», deb qo‘shimcha qildi. «Biz «Hizbulloh» Litani daryosi ortiga chekinib, tinch rivojlanishga imkon berishini kutamiz», — dedi u.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniya kansleri Eronni Isroil zarbalaridan so‘ng «vaziyatni keskinlashtirmaslikka» chaqirdi