Enn Heteueyning tarjimayi holida firibgar bilan bo‘lgan ishqiy munosabat, shuningdek, uning xulq-atvori bilan bog‘liq ko‘plab janjallar mavjud. Xo‘sh, nima sababdan samimiy rollar ijrochisi Gollivudning eng yomon ko‘rilgan aktrisalaridan biriga aylandi?
Oradan 20 yil o‘tib, Enn Heteuey “Malikaning kundaligi” filmiga qaytmoqda. Ammo top o‘ntalikka kirgan aktrisa o‘zining obro‘si bilan maqtana olmaydi.
Garchi yulduz teatr va televideniye sohasida “Emmi”, BAFTA, “Oltin globus” va “Oskar” mukofotlari sohibasi, Gollivudning eng jozibador aktrisalaridan biri bo‘lsa-da, xarakteri juda yomonligi bilan tanilgan.
Enn Heteuey karyerasining boshida to‘rt yil davomida italyan biznesmeni Rafaello Folieri bilan munosabatda bo‘ladi. U firibgarlikda ayblanib, milliarder Ronald Berkl tomonidan katolik cherkovlarini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan 50 million dollarni o‘g‘irlagan.
O‘shanda hech narsadan xabari yo‘q Enn sevgilisi bilan birga yashash uchun mashhur Trump Tower'ga ko‘chib o‘tadi. 21 yoshida u baxtli va hashamatli hayotni ko‘radi. Juftlik xususiy samolyot va yaxtalarda sayohat qilib, eng qimmat mehmonxonalarda yashardi.
Ammo tez orada erkak uni aldashni boshlaydi va g‘oyib bo‘ladi. Ularning hashamatli kvartirasiga politsiya kelishi bilan ertak tugaydi. O‘shanda u sevgilisi firibgar ekanligini biladi. Enn o‘zining aybsizligini isbotlash uchun shaxsiy kundaliklarini sudga taqdim etadi. Aktrisa biznesmenning firibgarliklari haqida hech narsa bilmaganligi tasdiqlangach, unga ayblovlar qo‘yilmaydi.
Ko‘plab internet foydalanuvchilari to‘rt yil davomida aktrisa bu odamning kimligi haqida nima uchun hech narsa bilmasligiga hayron bo‘lishadi. Natijada aktrisa tanqidga uchraydi, chunki sevgilisi hukm qilingach, unga bo‘lgan barcha tuyg‘ulari birdaniga yo‘qoladi.
Ko‘p qirrali Heteuey
Enn Heteuey mashhurligi oshgani sayin ko‘plab hamkasblari, jurnalistlar va oddiy tomoshabinlar yulduz haqida juda yomon fikrlar bildirishadi. Gollivudda hatto “Hathahate” degan atama paydo bo‘ladi — bu Heteuey familiyasi va “nafrat” so‘zining kombinatsiyasi. Partnyorlari ham bir necha bor Heteueyni riyokorlik va o‘zini beparvo tutishda ayblashadi.
Ba’zilar Heteueyda kibrli va maqtovni yaxshi ko‘radigan shaxsiyat belgilari mavjud deb hisoblashadi. Yozuvchi Sara-Nikole Prikett, maqolalaridan birida, u o‘zini malika kabi tutadi, lekin undagi hech narsa haqiqiy emas, u hech qachon his-tuyg‘ularini ko‘rsatmaydi, deydi.
Heteueyning “Oskar”dagi janjallari
Enn Heteuey “Oskar”dagi birinchi tanqidlarga 2011 yilda duch kelgan, u marosimni Jeyms Franko bilan birgalikda olib borgan va tomoshabinlar ularni eng yomon boshlovchilar deb atashgan. Franko sust va beparvo ko‘ringan bo‘lsa, Heteueyni haddan tashqari faol va shouga zo‘r berayotgani uchun qattiq tanqid qilishgan. Hatto Franko ham “Enn shunchalik energiyaga to‘laki, yonida hatto Tasmaniya iblisi ham yuvosh tortib qoladi”, deya hazillashgan.
Oradan ikki yil o‘tib, Heteuey yana “Oskar”dagi xatti-harakati uchun tanqidga uchraydi. Uning tabassumi soxta, libosi yarashmagan, “Xo‘rlanganlar”dagi roli esa sun’iy deb baholanadi.
Heteuey shunchalik e’tiborni tortgani uchun ham ko‘pchilikda noxush taassurot qoldirganini tushunib yetadi. U sahnada rejalashtirmagan narsalarni aytganini va uzoq yillik menejeriga minnatdorlik bildirishni unutganini tan oladi.
Vaqt o‘tishi bilan ko‘plab rejissyorlar uni filmlariga taklif qilmay qo‘yishadi. Faqat Kristofer Nolan va “Interstellar” filmidagi roli tufayli karyerasini saqlab qoladi.
Heteueyning suratga olish maydonchasidagi injiqliklari
Atrofidagi tanqidlar tinchigach, u yangi loyihalarda ishlay boshlaydi, ammo bu vaqtda uning suratga olish maydonchasidagi xodimlarga nisbatan injiqliklari haqida ma’lumotlar paydo bo‘ladi.
Yaponiyadagi reklama roligini suratga olish jarayonida Heteuey buyurtma bergan nonushtasini to‘rt marta o‘zgartiradi. U oddiygina qovurilgan tuxum, maffin va avokado so‘ragan edi, lekin avvaliga tuxum pishmagan chiqadi. Keyingi safar maffin sovib qoladi, uchinchi marta esa tuxum sovib qolgandi, va nihoyat, to‘rtinchi marta hammasi ideal holda keltirilganida, Heteuey o‘z fikrini o‘zgartirib, tuxumli omlet buyurtma qiladi.
Bu kabi holatlar Heteuey uchun yangilik emas: bir necha yil avval u “Qattiqqo‘l xonim” filmining suratga olish maydonchasida menyuda bo‘lmagan taomni buyurtma qilgandi. Uni uzoq kuttirishgani uchun oxir-oqibat buyurtmani bekor qilgan.
Heteuey muxlislar bilan muloqot qilishni rad etgan
2022 yilda Rimda Valentino namoyishidan so‘ng Enn Heteuey muxlislariga nisbatan asabiyligini ko‘rsatadi. U shunday deydi:
“Hammani bilan suratga tusha olmayman. Ammo esdalik uchun qo‘l silkisam bo‘ladi. Afsuski, dastxat ham berolmayman. Sizlar juda ko‘psizlar. Kechirasizlar, ammo qandaydir esdalik qolsin degandim. Shunday qilsam bo‘ladimi? Rahmat”.
Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar bu so‘zlarni qo‘pol va soxta xushmuomala deb baholab, tanqidiy izohlar qoldirishadi va hatto uni boykot qilishga chaqirishadi.
Heteueyning erta mashhur bo‘lishi va “Malikaning kundaligi” filmlaridagi muvaffaqiyati uning bu kabi muomalasiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Uchinchi qismda Mia Termopolis roliga qaytishi ehtimolki uning injiqliklariga nuqta qo‘yishi mumkin.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Fransiyadagi muzeydan qiymati 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi