Foto: Newshub
Ukraina amerikalik tadbirkor Ilon Mask nazorati ostida, deb yozdi Shveysariyaning Neue Zrcher Zeitung (NZZ) gazetasi. Maqola mualliflarining fikricha, bu tadbirkorga tegishli bo‘lgan Starlink sun’iy yo‘ldosh tarmog‘i tufayli sodir bo‘lgan.
Nashrning eslatishicha, urush boshida Mask o‘zini “Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiyning ashaddiy tarafdori” sifatida ko‘rsatgan, biroq keyinchalik tadbirkorning Ukraina mojarosiga qarashlari o‘zgargan.
Starlink sun’iy yo‘ldosh tarmog‘i sayyoraviy qamrovga ega bo‘lib, hammaga internetga kirish imkonini beradi, deya davom etdi NZZ. Shu munosabat bilan Ilon Mask sun’iy yo‘ldoshlarni qayerda, kim uchun va qachon faollashtirishni aniqlay oladi. “Bu Ukrainadagi mojaroda yaqqol ko‘zga tashlanadi”, deyiladi maqolada.
Oktyabr oyi o‘rtalarida Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov The Wall Street Journal nashrining Ilon Maskning Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin bilan muloqoti haqidagi materialiga izoh berdi.
Kreml matbuot kotibi ularning muntazam aloqalarini rad etdi va Putin amerikalik tadbirkor bilan faqat bir marta gaplashganini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Vitaliy Levchenko: "Neftchi"da yoshlar yo‘q? Buning uchun sharoitlar yo‘q"