Foto: Andres Putting / Delfi Meedia
AQSH Kongressiga saylovlarda Donald Trampning respublikachilari yuqori palatada ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi 6 noyabr, chorshanba kuni AP axborot agentligi va Fox News telekanali saylovchilar o‘rtasidagi so‘rovlar va dastlabki ovozlar hisobiga tayanib. Shu paytgacha demokratlar Senatda minimal ko‘pchilikni tashkil qilgan. Ular buni muntazam ravishda ijobiy ovoz bergan to‘rt mustaqil senatorning qo‘llab-quvvatlashi tufayli qo‘lga kiritgandi.
Respublikachilar Senatga saylovlarda asosan mustaqil nomzod Dan Osbornga qarshi keskin kurashda o‘z o‘rnini himoya qilishga muvaffaq bo‘lgan Nebraska shtatidan respublikachi senator Deb Fisherning g‘alabasi evaziga ustunlikka erishdi. Bu respublikachilarga to‘siqni yengib o‘tish va yuqori palata ustidan nazoratni qo‘lga kiritish imkonini berdi.
AQSH Kongressining muhim roli
AQSH prezidenti uchun Kongressning yordami muhim. Ikkala palatada ham qo‘llab-quvvatlanmagan Amerika davlat rahbari ko‘pincha katta muammolarga duch keladi. Kongress AQSH budjetini qabul qiladi va qonunchilik tashabbusi huquqiga ega.
Xususan, Senat AQSH ma’muriyatidagi asosiy tayinlovlarni ma’qullaydi. Yuqori palata tomonidan qo‘llab-quvvatlanmasa, prezident vazirlar, elchilar va sudyalar lavozimiga nomzodlarni taqdim eta olmaydi, chunki barcha yuqori darajadagi tayinlovlar senatorlar tomonidan tasdiqlanishi kerak. Bu Senatning Oq uy xodimlari va faoliyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini anglatadi.
Vakillar palatasiga saylov va referendumlar
AQSHda prezidentlik saylovlariga parallel ravishda Kongressga saylovlar o‘tkazilmoqda, unda quyi palata — Vakillar palatasidagi barcha 435 o‘rin va Senatdagi 34 o‘rin taqdiri hal qilinmoqda.
Shu bilan birga, ko‘plab shtatlarda marixuanani qonuniylashtirish kabi bahsli mavzularda referendumlar o‘tkazildi. Kongress saylovlarida ovozlarni sanash hali yakuniga yetmadi, amaldagi prezident Jo Bayden va nomzod Kamala Harris boshchiligidagi demokratlar ko‘pchilik ovoz olishga umid qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?