Foto: Getty Images
AQSHda bo‘lib o‘tayotgan prezidentlik saylovlari mamlakat tarixidagi eng qimmat saylovga aylandi. Demokrat Kamala Harris va respublikachi Donald Tramp o‘z kampaniyalari uchun 3,5 milliard dollar sarfladi. Bu haqda Financial Times xabar berdi.
Demokratik partiyaning Milliy qo‘mitasi va unga aloqador tuzilmalar 2,3 milliard dollardan ortiq mablag‘ to‘plashga erishdi, shundan 1,9 milliard dollari ishlatildi. Respublikachilar esa jalb qilingan 1,8 milliard dollardan 1,6 milliard dollarini saylov kampaniyasini o‘tkazishga yo‘naltirdi.
Tahlillarga ko‘ra, mablag‘larning qariyb yarmi ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda asosan yettita beqaror shtatda (Arizona, Nevada, Shimoliy Karolina, Pensilvaniya, Jorjiya, Viskonsin va Michigan) reklama uchun yo‘naltirilgan.
Masalan, Pensilvaniyada har ikki nomzod bu maqsadlar uchun 400 million dollardan ortiq mablag‘ sarflagan (taqqoslash uchun, 43 ta boshqa shtatda — 358 million dollar). Pensilvaniya 19 nafar saylovchi ovoziga ega, g‘alaba qozonish uchun 270 ta ovoz kerak.
Bundan tashqari administrativ va operatsion harajatlar ham bor, Harris bu maqsadlar uchun 250 million dollar, Tramp esa 210 million dollar sarflagan.
Respublikachining barcha harajatlarining 14 foizga yaqini yoki 100 million dollardan ortig‘i sud chiqimlariga yo‘naltirilgan. AQSHda Trampga qarshi bir nechta ish qo‘zg‘atilgan, xususan, 2020 yilgi saylov natijalariga ta’sir o‘tkazishga urinish bo‘yicha. Iyul oyida Florida sudi siyosatchini maxfiy hujjatlarni noto‘g‘ri saqlashda ayblab, shu ishlardan birini yopgandi.
Open Secres notijorat tashkilotining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2024 yilda prezident, senator va kongressmenlar saylovlari uchun jami 15,9 milliard dollar, 2020 yilda esa 15,1 milliard dollar sarflangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?