Foto: Getty Images
Amerikalik milliarder Ilon Maskning boyligi uning Tesla kompaniyasi aksiyalari o‘sishi fonida 26,5 milliard dollarga oshgan. Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, Trampning g‘alabasidan keyin qimmatli qog‘ozlar narxi 15 foizga oshib, har bir aksiya uchun 289 dollarni tashkil qildi.
Saylovdan keyingi tunni Mask Tramp bilan, uning Floridadagi Mar-a-Lago kurortida o‘tkazdi va so‘nggi yangiliklarni birgalikda kuzatib turdi.
«Bugun Amerika xalqi [Trampga] o‘zgarishlar uchun mutlaq kart-blansh berdi», — deya yozgan X ijtimoiy tarmog‘i (sobiq tvitter) egasi Trampning g‘alabasiga shubha qolmaganidan keyin o‘ziga tegishli platformada.
Palm-Bichdagi konferens-markazda qilgan g‘alaba nutqida Tramp bir necha daqiqa davomida yig‘ilganlarga Maskni maqtab, yaqinda SpaceX ishlab chiqargan raketa muvaffaqiyatli qo‘ngani to‘g‘risida gapirdi — bu ham Maskka tegishli yana bir kompaniya.
Mask iyul oyida respublikachilarning Pensilvaniya shtati Batler shahridagi mitingda o‘tkazilgan mitingi chog‘ida sodir etilgan suiqasddan keyinoq Trampning faol tarafdoriga aylangandi.
Shundan keyin milliarder uning saylovoldi kampaniyasi uchun qariyb 120 mln dollar xayriya qildi.
U shuningdek saylov kunidan oldingi haftalarda Trampga g‘alaba zarur bo‘lgan shtatlarda davomatni oshirish bo‘yicha kampaniya o‘tkazib, uning doirasida shtatlardagi saylovchilar orasida har kuni 1 mln dollarlik lotereya o‘ynashni yo‘lga qo‘ydi. Filadelfiya shahri okrug prokurori Larri Krasner Maskning siyosiy lotereyasini «milliy saylovlarga haqiqatda ta’sir ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan» firibgarlik deb atadi va uni to‘xtatishni talab qildi. Ammo sud buni taqiqlamadi: milliarderning advokatlari pul oluvchilar tasodifan tanlanmaganiga ishontirishdi.
Mask Trampni o‘z nomi, pullari bilan qo‘llab-quvvatlab, o‘z platformasini respublikachilarga taqdim etgach, Trampning qayta saylanishi uning eng ashaddiy tarafdoriga yorqin istiqbollarni ochadi.
Saylangan prezident allaqachon o‘zining ikkinchi muddatida Maskni ma’muriyatiga taklif etib, davlat organlaridagi isrofgarchilikka chek qo‘yish vazifasini topshirishini aytgan.
Maskning o‘zi ehtimoliy rolini «Hukumat samaradorligi departamenti» (Department of Government Efficiency) deb atagan, bu nomning abbreviaturasi u faollik bilan targ‘ib qilayotgan DOGE kriptovalyutasiga mos keladi.
Tadbirkor hozirda hukumat sun’iy yo‘ldoshlarini uchirish bozorida dominantlik qilayotgan SpaceX kompaniyasidagi ulushi orqali ham Trampning prezidentligidan yutishi mumkin.
Oq uyda yaqin ittifoqchiga ega bo‘lgan Mask hukumatdagi aloqalaridan qo‘shimcha foyda chiqarib olishga harakat qilib ko‘rishi mumkin.
Avval Mask raqobatchilari, jumladan Boeing kompaniyasidagi tuzilmalarni ular olgan davlat shartnomalari uchun tanqid qilgandi, uning fikricha, bu shartnomalar muddatlar buzilishi va budjet xarajatlari ortiqcha sarflanishini rag‘batlantirgan.
Bundan tashqari, yaqindan SpaceX josus sun’iy yo‘ldoshlar yaratish bilan shug‘ullana boshladi, Pentagon va Amerika maxsus xizmatlari esa bunday loyihalarga milliardlab dollar ajratishga tayyor.
Maskka tegishli bo‘lgan va elektromobillar ishlab chiqaradigan Tesla kompaniyasi ma’muriyat shartnomalarini yutib olish uchun barcha imkoniyatlarga ega, Tramp esa «davlat tomonidan tartibga solishni qisqartirish» o‘z ma’muriyati uchun ustuvor vazifa bo‘lishini aytgan.
Bundan tashqari, Tramp o‘z saylov kampaniyasi davomida korporatsiyalar va badavlat kishilarga soliqlarni kamaytirishni va’da qilgan. Mask esa bu va’da bajarilishidan eng ko‘p manfaatdor odam bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Daniyalik siyosatchi musulmonlarni haqorat qilgani uchun qamoqqa hukm qilindi
Qirg‘iziston Isroilni xalqaro huquqqa rioya etishga chaqirdi
Xitoydagi ta’lim tizimi yoshlar orasida ruhiy tushkunlikka sabab bo‘lmoqda
Erdo‘g‘on turkiy alifboga o‘tishga tayyor davlatlarni aytdi
Tramp saylovda yutganini e’lon qildi: “Urushlarni to‘xtatmoqchiman”
Elit Chempionlar Ligasi. “Paxtakor” Qatar jamoasiga mag‘lub bo‘ldi
Rossiya tomoni Donald Trampning g‘alabasiga izoh berdi
Germaniyada hukmron koalitsiya parchalandi