Foto: “Report.az”
Fransiya oltita Mirage 2000-5 rusumli qiruvchi samolyotlarini Ukrainaga yetkazishni rejalashtirmoqda. Fransiya Milliy assambleyasi deputati Frank Jiletti parlamentning milliy mudofaa va mamlakat qurolli kuchlari qo‘mitasiga tayyorlangan ma’ruzasida bu holatni tanqid qildi.
“Qisqa muddatda oltita Mirage 2000-5 samolyotining Ukraina harbiy-havo kuchlariga topshirilishi va u bilan bog‘liq to‘liq qo‘llab-quvvatlash modeli bizning qiruvchi samolyotlarimizning individual formatini yanada zaiflashtiradi”, deyiladi Milliy assambleya veb-saytida e’lon qilingan hujjatda.
Jiletti Fransiyaning bu harakati harbiy-havo kuchlarining havo hujumidan mudofaa missiyalarini bajarish qobiliyatiga ta’sir qilishiga xavotir bildirdi.
Makronning bayonoti
“Fransiya prezidentining 2025 yilda bir nechta Mirage 2000-5 samolyotlari Ukraina qurolli kuchlariga berilishi haqidagi so‘nggi bayonoti potensial yetishmovchilikni yanada kuchaytiradi”, deb ta’kidladi deputat.
Shu sababli u ilgari buyurtma qilingan Rafale qiruvchi modellarini qo‘shinlarga topshirish muddatini qisqartirishni so‘radi.
Shu bilan birga, u samolyotlarni ishlab chiqarish jadvali hali ham harbiy iqtisodiyot kutilmalarini qondirishdan ancha yiroq ekanini ta’kidladi.
Norvegiyaning Ukrainaga yordami
Norvegiya mudofaa vaziri Born Arild Gram oktyabr oyi oxirida F-16 qiruvchi samolyotlarining jangovar qobiliyatini saqlab qolish uchun Kiyevga 118 million dollar ajratilishini ma’lum qildi.
Oslo 2024—2025 yillarda Ukrainaga oltita F-16 samolyotlarini yetkazib bermoqchi. Shuningdek, ukrainalik uchuvchilarni Daniyada o‘qitishga yordam berish rejalashtirilgan.
Sentyabr oyida Norvegiya hukumati Ukrainaga yillik yordam ko‘rsatish muddatini 2030 yilgacha uzaytirdi va bu maqsadlar uchun har yili qo‘shimcha 475 million dollar ajratishini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi