Foto: TRT
Turkiya milliy mudofaa vaziri Yashar Gyuler mamlakatga Isroil hujum qilishi mumkinligini istisno etmadi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.
Isroil Turkiyaga bevosita tahdid solishi mumkinmi, degan savolga javob berar ekan, Gyuler Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ichki frontning ahamiyatini va uni mustahkamlash zarurligini ta’kidlaganini aytdi.
"Men uning fikriga to‘liq qo‘shilaman. Ichki front biz uchun doimo zarur. Hatto tinchlik paytida ham ichki frontning yaxlitligi va qudrati hamisha mamlakatimiz manfaatlariga xizmat qiladi. Isroil Turkiyaga hujum qilishi mumkinmi? Agar prezident bunday xavfni sezmaganda, bu haqda gapirib o‘tirarmidi? Shubhasiz, u hujum qilishi mumkin", dedi u.
Gyuler uchinchi jahon urushi ehtimolini ham istisno etmadi
"U istalgan paytda boshlanishi mumkin. Albatta, biz buni istamaymiz, ammo har qanday vaziyatga doimo tayyor turishimiz kerak. Axir Turkiya va uning buyuk xalqi xavfsizligi uchun mas’uliyat bizning zimmamizda. Biz barcha imkoniyatlardan foydalanib, barcha ehtimollarni ko‘rib chiqamiz. Shuning uchun, bunday imkoniyatni hisobga olgan holda, har bir narsani eng mayda tafsilotlarigacha tahlil qilamiz, ish olib boramiz va rejalashtiramiz. Biroq biz o‘z yurtimizda tinch-totuv yashashni xohlaymiz", dedi mudofaa vaziri.
AQSH Suriyadagi qo‘shinlarini olib chiqishi mumkin
Vazir AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp haqida ham fikr bildirib, u Suriyadan AQSH harbiylarni olib chiqishi mumkinligini aytdi. Gyuler Tramp administratsiyasi avvalroq qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqish bo‘yicha uch marta buyruq berganini eslatdi. U yangi prezident davrida bu masala yana Vashington kun tartibida bo‘lishi mumkinligini bildirdi.
Gyuler AQSH bilan munosabatlarning ijobiy rivojlanishiga ishonch bildirib, F-16 Viper qiruvchi samolyotlarini sotib olish bo‘yicha muzokaralar yakunlanayotganiga ishora qildi. U Turkiya Yevropa davlatlari, jumladan, Germaniya, Buyuk Britaniya va Italiya bilan hamkorlikda Eurofighter Typhoon qiruvchi samolyotlarini xarid qilishini aytdi.
Oktyabr oyida Erdo‘g‘on Yaqin Sharqdagi urush Turkiyaga yaqinlashayotganini aytgandi. U urush tez orada to‘xtamasa, u yanada ko‘proq mamlakatlarni qamrab olishi mumkinligini bildirgan. Siyosatchi Turkiya ehtimoliy xavflarni bartaraf etish uchun barcha zarur choralarni ko‘rayotganini ta’kidlagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi