Foto: Irna
Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon Xalqaro atom energiyasi agentligi rahbari (MAGATE) Rafael Grossi bilan uchrashdi, deb xabar beradi Irna agentligi.
«Oliy rahnamoning fatvosiga asosan biz biror bir usulda yardoviy qurol yaratishga intilmaganmiz va bundan keyin ham intilmaymiz, hech kim bizni bu siyosatdan og‘ishtira olmaydi», — deydi Pizishkiyon.
Shuningdek, u «mavjud muammolarni hal etish va Eronning tinch yadroviy faoliyatiga oid shubhalarni yo‘qotish uchun» MAGATE bilan yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Pizishkiyonning so‘zlariga ko‘ra, Eronning yadvoriy dasturi faqat tinchlik maqsadlariga qaratilgan va MAGATEning barcha talablariga mos keladi.
Bundan tashqari, Eron prezidenti mamlakat yadroviy dastur bo‘yicha kelishuvdagi barcha majburiyatlarini bajarganini, ammo AQSH bir tomonlama tartibda undan chiqib ketganini ta’kidladi.
Grossi Eronga muzokaralar o‘tkazish uchun kelgan. U Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchi va Eron yadroviy idorasi rahbari Muhammad Islom bilan ham uchrashuvlar o‘tkazgan. 14 noyabr kuni MAGATE direktori mamlakat hududidagi bir nechta yadroviy obyektlarga tashrif buyurib, Eron yadroviy dasturining rivojlanishi borasidagi to‘liq kartina bilan tanishdi.
2015 yilda Eron va xalqaro vositachilar «oltiligi» – BMT Xavfsizlik Kengashining beshta doimiy a’zosi bilan Germaniya – Qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasini (QHR) tuzdigandi, unga ko‘ra Tehron xalqaro va bir tomonlama sanksiyalarni bekor qilish evaziga o‘z yadroviy dasturini rivojlantirishni cheklashi shart edi.
AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp 2018 yilda Qo‘shma Shtatlarni ushbu kelishuvdan bir tomonlama chiqarib tashladi va Eronga qarshi sanksiyalarni tikladi, bu esa Tehronni kelishuvning ayrim shartlarini bajarishdan asta-sekin voz kechishga undadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi: “Rossiya bilan muzokaralarni qachon boshlashni faqat Ukraina hal qiladi”