Foto: Pixabay
AQSH Eronga qarshi joriy etilgan sanksiyalar uchun 1 trillion dollar kompensatsiya to‘lashi kerak. Bu haqda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondonining huquqiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari general Sahrob-Ali Shamxoniy ma’lum qildi.
Shamxoniyning so‘zlariga ko‘ra, Amerika hukumati o‘rnatgan iqtisodiy cheklovlar Eronga 25 yil davomida zarar yetkazgan. U AQSH Eronga qarshi sanksiyalarni yadro bitimidan chiqqanidan keyin emas, balki Islom inqilobi va Tehrondagi Amerika elchixonasi qo‘lga kiritilgandan keyin qo‘llaganini eslatdi.
“Shu bilan birga, AQSH Yaqin Sharqdagi mamlakat milliy xavfsizligiga zarar yetkazayotgan terrorchi guruhlarni faol qo‘llab-quvvatladi”, deydi general.
AQSHning Eronga qarshi sanksiyalari
AQSH 1979 yilgi Islom inqilobidan ko‘p o‘tmay Eronga qarshi birinchi bir tomonlama sanksiyalarni kiritdi. 1979 yil 4 noyabrda eronlik talabalar Tehrondagi Amerika elchixonasini egallab, diplomatik missiyaning 50 dan ortiq xodimini garovga oldi, bu sanksiyalarga sabab bo‘ldi. Amerika diplomatlarini qurolli maxsus operatsiya orqali ozod qilishga urinish muvaffaqiyatsiz tugadi. Muzokaralar natijasida 1981 yil 20 yanvarda garovga olinganlar ozod qilindi.
O‘shanda Vashington Tehronga qattiq bosim o‘tkazdi. AQSH prezidenti Jimmi Karterning 1979 yil 14 noyabrdagi farmoni bilan Eron neftini sotib olish to‘xtatildi, Amerika banklari va ularning xorijiy filiallaridagi Eron omonatlari muzlatildi, Eronga harbiy qismlarni sotish taqiqlandi.
1980 yil aprel oyida diplomatik aloqalar uzilgandan so‘ng, Vashington Amerika tovarlarini Eronga eksport qilishni (shu jumladan, oziq-ovqat va dori-darmonlarni ham), bu mamlakatga pul o‘tkazmalarini, shuningdek, Eron mahsulotlarini import qilishga taqiq kiritdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)