Foto: AFP
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya rahbari Vladimir Putinning Dneprga yangi ballistik raketalar bilan zarba berilgani haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi.
Zelenskiyning ta’kidlashicha, Dneprga yangi raketalar bilan zarba berish orqali Rossiya mojaroni avj oldirish uchun ikkinchi jiddiy qadam qo‘ydi.
“Bu urush ko‘lami hamda shafqatsizligining yaqqol va jiddiy darajada ortishi, Rossiya tomonidan BMT Nizomining buzilishi. Shuni ta’kidlamoqchimanki, bu Rossiyaning bir yil ichida vaziyatni keskinlashtirish yo‘lidagi ikkinchi qadamidir. Birinchi qadam esa Shimoliy Koreyani Ukrainaga qarshi urushga jalb etish bo‘ldi — kamida 11 ming askardan iborat kontingent”, dedi Ukraina prezidenti.
U Rossiya prezidenti urushni kuchaytirmaslikka chaqirganlarning barchasiga e’tibor bermasligini ma’lum qildi.
“Xitoy, Braziliya, Yevropa davlatlari, Amerika va dunyoning qolgan barcha mamlakatlari chaqiriqlariga tupurgan. Putin hech qanday sababsiz bu urushni boshlagan va uni ming kundan ortiq davom etishi uchun barcha harakatlarni qilayotgan yagona shaxsdir”, dedi Zelenskiy.
Dneprga zarba berish orqali Rossiya tinchlik tarafdori emasligini tasdiqladi, deb hisoblaydi Ukraina prezidenti. Siyosatchi bunday harakatlar Ukrainaning uzoqqa uchuvchi raketalardan foydalanishiga javob bo‘la olmasligi, chunki Ukraina buni avval ham qilganini aytdi.
“Putin tinchlikka erishishni xohlamaydi”
“Biz bu quroldan birinchi marta foydalanayotganimiz yo‘q. Xalqaro huquq normalariga muvofiq bunga to‘la haqlimiz; o‘zimizni mudofaa qilish huquqimiz boshqa har qanday millatniki bilan bir xil. Rossiya raketalari shaharlarimizga zarba berganda, har kuni kechasi Ukrainaga Eron “shahedlari” (dron) hujum qilganda, chegaramizda Shimoliy Koreyadan kontingent joylashganda, Putin nafaqat urushni murakkablashtiradi, balki har safar tinchlikni tiklashni xohlovchilarning yuziga tupuradi”, ta’kidladi u.
Rossiya harakatlariga javob berish kerak
“Dunyo bunga munosabat bildirishi lozim. Hozircha dunyodan sezilarli munosabat yo‘q. Putin bunday holatlarga juda ta’sirchan. U sizni sinab ko‘ryapti, hurmatli hamkorlar. Bu urushning yagona aybdori kim ekan, 24 fevralda urushni kim boshlagani va urushning davom etishi uchun barcha imkoniyatlarini sarflayotgani hammaga ayon. Uni to‘xtatish zarur. Agar Rossiyaning xatti-harakatlariga qat’iy munosabat bildirilmasa, demak, ular bunday qilish mumkinligini tushunishadi. Putin aynan shunday yo‘l tutyapti”, deya yakun yasadi Zelenskiy.
Siyosatchi Ukraina hamkorlarini Rossiyani tinchlikka majbur qilishga chaqirdi. Aks holda Ukrainaga nisbatan hujumlar davom etishini aytdi.
Ukrainadagi so‘nggi vaziyat
19 noyabr kuni Ukraina armiyasi Rossiya hududiga AQSHning uzoq masofaga uchuvchi ATACMS raketalari bilan zarba berdi. Hujum Bryansk viloyati Karachev shahridagi harbiy obyektga qaratilgan. ATACMS'ning maksimal uchish masofasi 300 kilometrni tashkil qiladi.
AQSH prezidenti Jo Bayden 17 noyabr kuni mazkur raketani Rossiya ichkarisiga qo‘llashga ruxsat berdi. Ukraina uzoq vaqtdan beri G‘arb qurollari bilan Rossiya hududiga zarba berishga ruxsat etilishini kutayotgandi. Kreml rahbari Vladimir Putin esa bunday qurollarni Rossiyaga qarshi qo‘llash urushga kirishishni anglatishidan ogohlantirgan.
21 noyabr kuni Rossiya ilk bor Ukrainaning Dnepr shahri bo‘ylab qit’alararo ballistik raketa uchirdi. Hujum Astraxan viloyatidagi poligondan amalga oshirilgan. Qit’alararo ballistik raketa besh ming kilometr masofani bosib o‘tishi mumkin, ammo ularning ba’zilari to‘qqiz ming kilometrdan ortiq masofaga mo‘ljallangan.
Dastlab raketa hujumi haqida Ukraina Qurolli kuchlari xabar bergan. Keyinchalik ma’lumotni Rossiya prezidenti tasdiqlagan. Putinga ko‘ra, Rossiya Amerika va Britaniyada ishlab chiqarilgan qurollarning mamlakat hududiga hujumlariga javoban “Oreshnik” raketasidan foydalangan.
Putin Rossiya o‘zini mamlakat hududiga qarata qurol ishlatayotgan davlatlarning harbiy obyektlariga qarshi qurol ishlatishga haqli deb hisoblashini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina ilk bor AQSH raketasi bilan Rossiyaga zarba berdi
Borrel: AQSH Rossiyaga 300 kilometrgacha ichkariga zarba berishga ruxsat berdi