Foto: Mövenpick Resort Kuredhivaru Maldives
Maldiv orollari hukumati budjetni to‘ldirish uchun turistlardan undiriladigan soliqni oshirishga qaror qildi: gap «yashil» soliq, turistik yig‘im, aeroportda xizmat ko‘rsatilgani uchun yig‘im va turistlik tovar hamda xizmatlar uchun soliqlar haqida ketmoqda.
Qayd etilishicha, 2025 yil 1 yanvarda har bir turistdan mehmonxona yoki boshqa turar-joy obyektida qolganlik uchun undiriladigan «yashil» soliq miqdori ikki barobarga oshadi. Mehmon uylari va xonalari soni 50 tadan kam mehmonxonalarda qoladigan sayyohlar uchun kuniga 6 dollar, yirik kurortlarda qolganlar uchun esa kuniga 12 dollar undiriladi.
2024 yil 1 dekabrda boshlab mamlakatga kirish uchun undiriladigan yig‘im hamda aeroportni rivojlantirish yig‘imi ham oshiriladi. Endi ekonom-klassda keladigan yo‘lovchilar oldingidek 30 emas, balki 50 dollardan to‘laydi. Biznes-klass yo‘lvochilaridan — 120 dollar, birinchi klassdan esa 240 dollar (oldin 90 dollar edi) undiriladi. Biznes-jet yo‘lovchilari esa qariyb 1000 dollar to‘lashi kerak bo‘ladi — ular uchun har bir yig‘im miqdori 120 dan 480 dollargacha oshirilmoqda.
Xorijga sayohat qiladigan arxipelag aholisi agar ekonom-klassda uchsa, yig‘imlar o‘zgarmaydi — 12 dollar. Ammo biznes, birinchi klass va xususiy samolyotlar yo‘lovchilari uchun yig‘imlar xuddi chet elliklarga belgilangandek oshadi.
Turistik tovarlar va xizmatlar uchun soliq miqodir 2025 yil 1 iyuldan 16 foizdan 17 foizga qadar ko‘tariladi.
«Turistlarga solinadigan soliqlar miqdorining oshirilishi g‘aznaga qo‘shimcha 175 million dollar olib kelishi kutilmoqda», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, 2023 yilda Maldiv orollari 1,8 million xorijlik turistni qabul qilgan. Arxipelagning turizmdan ko‘radigan daromadi 3,6 milliard dollarni tashkil etadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi