21:06 / 24.11.2024
5

Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin

Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Foto: Kiichiro Sato/AP/File
Amerikaning yirik telekommunikatsiya kompaniyalari Oq uyda AQSH milliy xavfsizlik organlari vakillari bilan uchrashib, Xitoy tomonidan uyushtirilayotgan kiberjosuslik masalalarini muhokama qildi. CNN telekanaliga ko‘ra, AQSHdagi qariyb 150 ga yaqin yuqori martabali amaldor va siyosatchi hakerlar hujumiga uchragan.

Oq uy vakillarining so‘zlariga ko‘ra, bu kabi uchrashuvlar Vashingtonga kiberhujumlardan himoyani qanday qilib kuchaytirishi to‘g‘risida maslahatlar berish uchun kerak. Bundan tashqari, uchrashuv doirasida razvedka ma’lumotlari bilan ham o‘zaro almashilinadi.

Senator Mark Uorner buni «mamlakat tarixida telekommunikatsiyaga uyushtirilgan eng yomon hujum» deb atadi. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, hozirda hujum ko‘lami va uning milliy xavfsizlikka ta’siri o‘rganilmoqda. Ammo FQB kiberhujumga 150 dan ortiq amaldor uchraganini ma’lum qildi, ularning aksariyati Vashingtonda. Ta’kidlanishicha, kiberhujumga uchraganlarning barchasi qo‘ng‘iroqdan foydalangani va matnli xabarlar yuborgani bois xitoylik hakerlar ancha ko‘p insonlarning ma’lumotlarini qo‘lga kiritgan bo‘lishi mumkin.

Avvalroq Xitoy AQSHning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp, vitse-prezidenti Jey Di Vens, shuningdek, Trampning kuyovi Jared Kushner hamda uning o‘g‘li Erkining telefon suhbatlarini tinglashga uringani to‘g‘risida xabar berilgandi. Xitoy kiberhujumlar va josuslik borasidagi ayblovlarni rad etgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin