22:00 / 25.11.2024
8

Peskov AQSHning amaldagi ma’muriyatini Ukrainadagi vaziyatni keskinlashtirishda aybladi

Peskov AQSHning amaldagi ma’muriyatini Ukrainadagi vaziyatni keskinlashtirishda aybladi
Foto: RIA Novosti
AQSH prezidentligi saylovlarida g‘alaba qozongan Donald Tramp tarafdorlari doirasi Ukrainada tinchlik o‘rnatilishi haqida gapirmoqda, Jo Baydenning amaldagi ma’muriyati esa mojaroni kuchaytirishda davom etmoqda, deya Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov fikr bildirdi.

Avvalroq Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha bo‘lajak maslahatchisi Maykl Uols Tramp jamoasi Bayden ma’muriyati bilan Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik bitimi imzolash bo‘yicha hamkorlik qilishni rejalashtirayotganini aytgandi.

Tramp tarafdorlari va bo‘lajak ma’muriyatdagi lavozimlarga nomzodlar orasidan “tinchlik” yoki “tinchlik rejasi” so‘zlari eshitildi. Amaldagi ma’muriyat vakillaridan bunday so‘zlar chiqmadi. Hozircha bu kabi provokatsion harakatlar davom etmoqda”, dedi Peskov.

Donald Tramp 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi. U 19-asrdan beri to‘rt yillik tanaffusdan so‘ng Oq uyga qaytgan birinchi AQSH siyosatchisi bo‘ldi.

Shtatlardan kelgan Saylovchilar kollegiyasi 17 dekabr kuni saylovchilar xohishiga ko‘ra nomzodlar uchun ovoz berishi kerak, 6 yanvar kuni esa yangi Kongress ovoz berish natijalarini tasdiqlaydi. Inauguratsiya 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Al Arabiya telekanaliga bergan intervyusida Tramp Ukraina mojarosini hal qilishga erisha olishini, biroq Rossiya faqat o‘ziga ishonishi aytib o‘tgan edi.

Biz saylangan prezident Tramp pragmatik shaxs ekanligini yaxshi bilamiz. U mazkur mojaroga imkon qadar tezroq barham berishini omma oldida aytib, va’da bergan. Tramp bu ishni amalga oshira oladi, chunki barcha yechimlar Vashingtonda bor”, dedi Medvedev.

Shu bilan birga, u Moskva o‘z umidini Trampga ham, boshqalarga ham bog‘lamasligini ta’kidladi: “Biz faqat o‘z kuchimizga tayanamiz, mudofaa salohiyatimiz nuqtayi nazaridan o‘zimizga ishonamiz. Ushbu mojarodagi shubhasiz g‘alaba qozonishimizga ishonchimiz komil”.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Peskov AQSHning amaldagi ma’muriyatini Ukrainadagi vaziyatni keskinlashtirishda aybladi