Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari Xitoy TIV Konsullik departamentining Viza siyosati va ishlari boshqarmasi direktori Son Shiyu bilan konsullik-huquqiy sohadagi ikki tomonlama hamkorlikka oid masalalarni muhokama qildi.
Muzokaralar chog‘ida Xitoyning viza siyosati, ikki mamlakat fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda O‘zbekiston— Xitoy o‘rtasidagi sohaga oid me’yoriy-huquqiy bazani kengaytirish xususida fikr almashildi.
Xitoy tomoniga so‘ngi yillarda O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish, tadbirkorlik, biznes va xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar hamda va bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.
Hukumat tomonidan O‘zbekiston va dunyoning boshqa mamlakatlari o‘rtasida vizalarni liberallashtirishga ustuvor masala sifatida qaralayotgani ta’kidlanib, bu borada erishilgan ijobiy natijalarga to‘xtalib o‘tildi.
O‘zbekiston tomoni uchun kelgusida ham konsullik-huquqiy sohadagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlaridan biri xorijiy davlatlar bilan viza tartibini yanada erkinlashtirish, xususan, viza talablaridan o‘zaro ozod etish to‘g‘risida kelishuvlarga erishish hisoblanishi aytib o‘tildi.
Tomonlar, o‘zaro samarali hamkorlik natijasida ikki mamlakat fuqarolari almashinuvini kengaytirish va turizm sohasini izchil rivojlantirishdan birdek manfaatdor ekanligini qayd etdi.
Boshqarma direktori Son Shiyu O‘zbekistondagi siyosiy, iqtisodiy ijobiy o‘zgarishlar, ayniqsa, so‘ngi yillarda dunyo mamlakatlari bilan vizalarni liberallashtirish borasida olib borilgan samarali natijalarni yuqori baholab, Xitoy tomoni ham ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorligini bildirdi.
Sohaga oid oldinda turgan masalalarni birgalikda hal etishga kelishib olindi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Abdusalom Azizovning Xavfsizlik kengashiga o‘tkazilgani tasdiqlanmadi
Bahodir Qurbonov DXX raisi etib tayinlandi
Abdulla Aripov Boysunda bo‘lib qaytdi: “Prezidentimiz, odamlar ko‘chishga rozimi-rozimasmi, dedilar”
Bayden va Makron Livanda sulh e’lon qilishga tayyorlanmoqda
Xalqaro sud qarori: Netanyaxu va Gallant hibsga olinsa nima bo‘ladi?