2024 yilning yanvaridan oktyabrigacha Ukraina prokuraturasi harbiy xizmatchilarga lavozim va harbiy qismlarni ruxsatsiz tashlab ketganlik bilan bog‘liq 60 ming jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
Bu 2022 va 2023 yillarda qo‘zg‘atilgan shunga o‘xshash holatlardan deyarli ikki baravar ko‘p, deb yozadi Financial Times. Ukraina qonunchiligiga muvofiq agar aybdor deb topilsa, harbiylar ushbu moddaga asosan 12 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Misol tariqasida, nashr Ukraina qurolli kuchlarining 123-brigadasining yuzlab piyoda askarlari bilan sodir bo‘lgan voqea haqida gapiradi, ular oktyabr oyi oxirida Donetsk viloyatidagi Ugledardagi o‘z pozitsiyalarini tark etgan. Shuningdek, ular Nikolayev viloyatidagi uylariga qaytib, ommaviy ravishda ko‘p miqorda qurol-yaroq berishlarini hamda o‘zlarini frontning boshqa qismlariga tashlashlarini talab qilishgan. Mahalliy hukumatga ko‘ra, qochoqlarning bir qismi shundan so‘ng frontga qaytgan, boshqalari qochib ketgan, bir necha kishi hibsda.
Shuningdek, ba’zi ukrainalik harbiylar qochib ketish uchun ittifoqchi davlatlardagi o‘quv lagerlariga jo‘natish imkoniyatidan foydalanadi.
«Shunday qilib, har oy o‘rtacha 12 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi Polshadagi harbiy mashg‘ulotlardan qochib ketadi», – deydi ismi sir qolishini istagan Polsha maxsus xizmati vakili. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on BMTni isloh qilishga chaqirdi
Ukrainalik askarlar Rossiya bilan muzokaralar olib borishni istashmoqda
Suriya prezidenti Bashar Asad murakkab vaziyatga izoh berdi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
AQSH Gruziya bilan strategik hamkorlikni to‘xtatdi
Qaysi navli mandarinlar eng shirin bo‘ladi?
Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov KXDR rahbari bilan uchrashdi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi