06:30 / 11.12.2024
30

Tramp prezidentlik maoshi va pensiyasidan voz kechmoqchi

Tramp prezidentlik maoshi va pensiyasidan voz kechmoqchi
Foto: Getty Images
AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp o‘zining ikkinchi prezidentlik muddatida davlat rahbariga tegishli barcha moddiy imtiyozlardan voz kechishini ma’lum qildi.

NBC telekanaliga bergan intervyusida u yiliga 400 ming dollar miqdoridagi prezidentlik maoshini olmasligini, shuningdek, umrbod pensiyadan ham voz kechishini aytdi.

Men bir tiyinni ham olmayman. Bu mening davlat xarajatlarini kamaytirishga qo‘shgan hissamdir”, deb ta’kidladi Tramp.
Tramp, “ehtimol Jorj Vashingtonni istisno qilganda”, ish haqi olmagan birinchi AQSH prezidenti bo‘lishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Birinchi prezidentlik muddatida ham Tramp prezidentlik maoshidan voz kechib, mablag‘larni xayriya va turli dasturlarga, jumladan, milliy bog‘larni muhofaza qilishga yo‘naltirgan edi.

Bunday qadamlarga qaramasdan, Tramp hamon AQSHning eng boy odamlaridan biri hisoblanadi. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, uning boyligi 2,3 milliard dollarni tashkil etadi.

Avvalroq Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida qudalarini yuqori lavozimlarga tayinlagani haqida xabar bergan edi. U qizi Tiffanining qaynotasi hisoblanmish tadbirkor Massad Bulosni arab va Yaqin Sharq masalalari bo‘yicha bosh maslahatchi etib tayinlagan.

Foto:Tramp va Bulos
Shuningdek, Tramp qizi Ivankaning qaynotasi — Charlz Kushnerni Fransiyaga elchi etib tayinladi.

Foto: Charlz Kushner / Getty Images
Uning o‘g‘li Jared Trampning birinchi prezidentlik muddati (2017-2021) davrida uning bosh maslahatchisi lavozimida ishlab, 2020 yilda Isroilning Bahrayn, BAA, Sudan va Marokash bilan munosabatlarini normallashtirish bo‘yicha “Ibrohim bitimi”ning imzolanishiga olib kelgan muzokaralarda hal qiluvchi rol o‘ynagandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp prezidentlik maoshi va pensiyasidan voz kechmoqchi