23:39 / 12.12.2024
2

Slovakiya bosh vaziri: Ukraina mojaro natijasida hududlarining uchdan bir qismini yo‘qotadi

Slovakiya bosh vaziri: Ukraina mojaro natijasida hududlarining uchdan bir qismini yo‘qotadi
© AP Photo / Libkos
Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso Braziliyaning “Folha de S.Paulo” gazetasiga bergan intervyusida mojaro natijasida Ukraina o‘z hududlarining uchdan bir qismini yo‘qotishini, uning oqibatlari nihoyatda og‘ir bo‘lishini aytdi.

O‘ylashimcha, Ukraina o‘z hududlarining uchdan bir qismini yo‘qotadi va unga chet el qo‘shinlarining mavjudligi kabi xavfsizlik kafolatlari taklif etiladi... Barqarorlik nuqtayi nazaridan Ukraina uchun oqibatlar nihoyatda qiyin bo‘ladi”, — dedi Fitso.

Slovakiya bosh vazirining qo‘shimcha qilishicha, agar “butun dunyo gapirayotgan Ukraina uchun baxt” shunday ko‘rinishda bo‘lsa, ukrainaliklar oxir-oqibat “xiyonatkor” bo‘lishadi.

Fitsoning so‘zlariga ko‘ra, agar vaziyatga real nazar bilan qaralsa, Rossiya hech qachon Qrim, DXR va LXRni tark etmaydi.
Fitso Ukrainadagi mojaroga harbiy yechim yo‘qligini ta’kidlab, uni hal qilishning yagona yo‘li muzokara stoliga o‘tirish ekanligini ta’kidladi.

Fitso avvalroq Kiyev jang maydonida hech qachon g‘alaba qozona olmasligini, Rossiya esa hozir nazorat qilayotgan hududlarni saqlab qolishini aytgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Slovakiya bosh vaziri: Ukraina mojaro natijasida hududlarining uchdan bir qismini yo‘qotadi