Foto: Nevzorov / Telegram
Moskva yaqinidagi qozonxonalarda Rossiyaning qanotli raketa va dronlarini modernizatsiya qilish bilan shug‘ullangan “Mars” byurosi bosh konstruktori o‘rinbosari Mixail Shatskiy otib ketildi. Qotillik Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka bosh boshqarmasi tomonidan uyushtirilgani aytilmoqda.
"Rossiya harbiy-sanoat majmuasini rivojlantirishga u yoki bu tarzda aloqador bo‘lgan va shu tariqa Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzini qo‘llab-quvvatlayotgan har bir kishi Mudofaa kuchlari uchun qonuniy nishondir", dedi Ukraina Mudofaa vazirligidagi manba.
Dastlab Shatskiyning o‘ldirilishiga Ukraina razvedkasining aloqadorligi haqida jurnalist Aleksandr Nevzorov xabar bergan va jasadning suratini e’lon qilgan. Uning aytishicha, muhandis X-59 “Ovod” qanotli raketalarini X-69 darajasiga takomillashtirish va yangi dronlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullangan. Keyinchalik bu qurollar Ukrainaga qarshi urushda qo‘llanilgan.
Shatskiy 10 dekabr kuni o‘ldirilgan. Kuzminsk o‘rmoni hududida noma’lum shaxs “o‘rta yoshli erkak”ni otib o‘ldirgani va voqea joyidan qochib ketgani haqida RЕN TV xabar bergan. Buyurtma asosida qotillik sodir etilgani taxmin qilinmoqda. O‘sha paytda politsiya sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan izoh berishdan bosh tortgan.
Shatskiy texnika fanlari nomzodi hisoblanadi. U, shuningdek, Moskva aviatsiya institutida uchuvchisiz apparatlarining bort avtomatikasi kafedrasida o‘qituvchilik qilgan. “Mars” konstruktorlik byurosi mazkur kafedraning asosiy korxonasi sanaladi.
Byuro “Rostex”ga bo‘ysunadi va Ukrainaga muntazam zarba berishda qo‘llaniladigan X-55, X-59, X-101 va boshqa raketalar uchun boshqaruv tizimlarini ishlab chiqadi.
Masalan, 2024 yil aprel oyida Rossiya harbiy kuchlari Kiyev viloyatidagi eng quvvatli Tripol issiqlik elektr stansiyasiga X-69 raketasini uchirdi. Oqibatda IES butunlay vayron bo‘ldi. Oktyabr oyida Ukrainaning Defense Express portali rossiyaliklar kassetali jangovar qismli X-69 raketalaridan foydalanishni boshlaganini ma’lum qildi.
So‘nggi marta bunday raketalarning yo‘q qilingani haqida Ukraina armiyasi havo kuchlari 11 dekabr kuni xabar bergandi. Ikkala snaryad ham Dnepropetrovsk viloyati osmonida urib tushirilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Suriyada isyonchilar Bashar Asadning otasi qabrini vayron qildi
Tadqiqot: Kunlik qahva iste’moli umrni uzaytirib, hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi
Konstitutsiyaviy sud: Quruvchi tashkilotlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish zarur
Tojikistonning Konibodomida bir oilaning 6 a’zosi o‘ldirib ketildi
"Mevalar qiroli" mangoning salomatlik uchun qanday foydali xususiyatlari bor?
Bolgariya Rossiya gazining Yevropaga tranzitini to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qildi
Suriya muvaqqat hukumati rahbari Muhammad al-Bashir haqida nimalar ma’lum?
Murakkab muhandislik muammolarini oson hal qiladigan sun’iy idrok ishlab chiqildi