12:43 / 13.12.2024
33

AQSH tahlilchilari Trampdan Markaziy Osiyoga e’tibor qaratishni so‘radi

AQSH tahlilchilari Trampdan Markaziy Osiyoga e’tibor qaratishni so‘radi
Foto: Getty Images
Amerikaning Responsible Statecraft tahliliy markazi AQSHning saylangan prezidenti Donald Trampni lavozimiga kirishgach, Markaziy Osiyoga e’tibor qaratishga chaqirdi. Jahon kun tartibiga Ukrainadagi urush, Tayvan masalasi va savdo mojarolari kiritilgan bo‘lsa-da, Markaziy Osiyo Amerika manfaatlari uchun asosiy rol o‘ynashi kutilmoqda.

Tahlilchilar fikricha, AQSH hozircha Rossiya va Xitoy faol harakat qilayotgan mintaqa bilan mustahkam munosabatlar o‘rnata olmagan. Markaziy Osiyo katta tabiiy boyliklar va strategik ahamiyatli transport yo‘laklariga ega. Trampning ramziy tashrifi esa mintaqada Vashingtonning mavqeyini mustahkamlashga qaratilgan qadam bo‘lishi mumkin. Markaziy Osiyo global yetkazib berish zanjirlari va energiya o‘tishi uchun muhim ekani aytilmoqda.

"Xo‘sh, prezident Tramp Markaziy Osiyoga nisbatan nima qilishi kerak? Birinchi navbatda, tashrif buyurishi lozim!", deb yozmoqda tahlilchilar.

Ular diplomatlar qanchalik mohir bo‘lmasin, rahbarlarning yuzma-yuz uchrashuvichalik muzokaralarning muvaffaqiyatiga kechishiga hech narsa hissa qo‘shmasligini aytdi.

AQSHning Transafg‘on temir yo‘li qurilishidagi ishtiroki Afg‘onistonning barqarorlashuviga va qo‘shni davlatlar iqtisodiyotining rivojlanishiga yordam berishi, Amerika biznesiga yangi imkoniyatlar taqdim etishi va mintaqada Vashingtonning ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Uzunligi 357 mil (taxminan 574,5 kilometr) bo‘lgan mazkur loyiha Markaziy Osiyoni Pokistonning Karachi, Gvadar va Qosim portlari bilan bog‘laydi, minglab ish o‘rinlari yaratadi va ekstremistik guruhlarga ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kamaytiradi.

Shuningdek, Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temir yo‘lini qurish muhim yo‘nalish hisoblanadi. Bu loyiha izolyatsiyalangan Qirg‘izistonga “dunyoga chiqish” imkoniyatini beradi va xalqaro bozorlarga kirishni kengaytiradi.

Bundan tashqari, Markaziy Osiyo yashil texnologiyalar uchun zarur bo‘lgan marganes, xrom, qo‘rg‘oshin, rux va titan kabi muhim minerallarga boy. Yaqinda Xitoy tomonidan ushbu minerallar eksportiga qo‘yilgan cheklovlar AQSHni ushbu resurslardan uzoq muddatli foydalanishni ta’minlash uchun “C5+1” platformasi orqali mintaqalar bilan muloqotni faollashtirishga undashi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH tahlilchilari Trampdan Markaziy Osiyoga e’tibor qaratishni so‘radi