Foto: FT
Suriyada hokimiyatni qo‘lga olgan “Hay’at Tahrir ash-Shom” (HTSH) siyosiy byurosi a’zosi Kamol Lababidiy so‘nggi kunlarda Rossiya Suriya poytaxti Damashq atroflaridan kamida 400 nafar harbiy xizmatchini Xmeymim aviabazasiga ko‘chirgani haqida xabar berdi.
Lababidiyga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlarining olib chiqilishi Suriyaning yangi hukumati bilan kelishilgan holda amalga oshirilgan. Bu Suriya armiyasining Damashq yaqinidagi Qudsayeda joylashgan to‘rtinchi diviziyasi shtab-kvartirasida avvalroq joylashtirilgan rossiyalik harbiylar va Rossiyaning Damashqdagi elchixonasida xizmat qilgan harbiy xizmatchilarni o‘z ichiga oladi.
FT nashri tomonidan ko‘rib chiqilgan videotasvirda 100 ga yaqin harbiy transport vositalari kolonnasi, jumladan, zirhli mashinalar, yuk mashinalari, yonilg‘i tashuvchi sisternalar va ko‘chma tibbiy bo‘linmalar aks etgan.
Lababidiyning ta’kidlashicha, Xmeymim bazasidan harbiylar samolyotlar orqali Rossiyaga olib ketilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda Suriyada hokimiyatni egallab olgan qo‘zg‘olonchilarning qarorgohiga aylangan Damashqdagi Four Seasons mehmonxonasida Rossiya harbiylarini mamlakatning boshqa hududlaridan evakuatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.
Rossiya TIVning aniqlik kiritishicha, “Rossiya, shuningdek, o‘z diplomatik vakolatxonalari xodimlarining bir qismini va Belarus, Shimoliy Koreya va Abxaziya diplomatik vakolatxonalari xodimlarini Damashqdan olib chiqqan”.
“15 dekabr kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Harbiy havo kuchlarining maxsus reysi bilan Xmeymim aviabazasidan Damashqdagi Rossiya tashqi vakolatxonalari xodimlarining bir qismi Chkalovskiy aeroportiga olib chiqildi. Belarus, Shimoliy Koreya va Abxaziya diplomatik vakolatxonalari xodimlari ham evakuatsiya qilindi”, deyiladi xabarda.
Evakuatsiya sabablari aytilmagan, biroq xabarda Rossiyaning Damashqdagi elchixonasi o‘z ishini davom ettirayotgani ta’kidlangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Abduqodir Husanovning transfer bahosi Ronalduniki bilan tenglashdi, navbat Messiga(mi?)
Ertaga Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi
Turkiya Suriyaning yangi hukumatini harbiy sohada qo‘llab-quvvatlamoqchi
Namanganda xalqaro ko‘rgazma: qiymati xonadonga teng otlar, 200 kiloli qo‘ylar va osmonga uchirilgan kabutarlar (foto, video)
Xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
Britaniyadagi tadbirkor vatandoshlar O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiya kiritadi
Bashar Asad qochishdan oldin harbiylarni Rossiyadan yordam kelayotganiga ishontirgan
Bashar Asad rejimi qulashidan eng ko‘p kim yutdi?