16:10 / 19.12.2024
31

Oddiy sendvichdan vafot etgan milliarderning qizi: hatto boylar ham har narsaga qodir emas

Oddiy sendvichdan vafot etgan milliarderning qizi: hatto boylar ham har narsaga qodir emas
Ko‘pchilik pul va muvaffaqiyat har qanday kasallikka, hatto o‘limga ham chora bo‘la oladi, deb o‘ylaydi. To‘g‘ri, yetarlicha puli bo‘lib kasal bo‘lish va qarish pulsiz yashashdan ko‘ra osonroq, ammo hatto million dollarlik boylik ham hech narsani kafolatlay olmaydi.

Stiv Jobsning so‘nggi suratlari

Apple'ning afsonaviy asoschisi dunyoni o‘zgartira oldi, biroq dahshatli oshqozon osti bezi saratoni tashxisi oldida ojiz qoldi. Jobs uzoq vaqt davomida birinchi operatsiyadan bosh tortib, muqobil davolash usullarini qo‘llashga urindi, bu esa kasallikning kechishini yanada og‘irlashtirdi. Tadbirkor umrining so‘nggi damlarigacha kompaniya ishlarida faol ishtirok etdi va vafotidan atigi bir necha oy oldin bosh direktor lavozimini tark etdi. Stiv Jobs 56 yoshida oilasi davrasida hayotdan ko‘z yumdi. Biroq uning xotirasi nafaqat uni shaxsan tanigan insonlar, balki u yaratgan brendga o‘sha paytda ham, hozir ham hayratlanib kelayotgan barcha odamlar qalbida abadiy saqlanib qoladi.

“Uch ayiqcha”

Shri-Lankadagi Asos do‘konining egasi, daniyalik millioner Anders Xolx Povlsen dahshatli fojiaga uchradi. 2019 yilda uning oilasi ham 290 kishi halok bo‘lgan bir qator teraktlar qurboni bo‘ldi. Halok bo‘lganlar orasida tadbirkorning to‘rt farzandidan uchtasi bor edi. Fojia sodir bo‘lishidan bir oz oldin millionerning to‘ng‘ich qizi ijtimoiy tarmoqlarga ukalari va singlisining suratini joylashtirib, surat ostiga “Uch ayiqcha” deb izoh qoldirgan.

Ilya Segalovich oilasi bilan

“Yandeks”ning quvnoq va iste’dodli hamta’sischisi Ilya Segolovich ham onkologiyaning juda erta qurboniga aylandi. Tadbirkor 46 yoshida, kasallikka qarshi uncha uzoq davom etmagan kurashdan so‘ng vafot etdi (Segalovichga oshqozon saratonining terminal bosqichi tashxisi qo‘yilgandi). Ilya umrining oxirigacha kompaniyada texnologiyalar bo‘yicha direktor lavozimida ishladi.

Bryus Uillis o‘zining ajoyib oilasi bilan

Dahshatli va og‘ir kasallikka Bryus Uillis hayotining eng gullagan paytida chalindi, biroq taqdir oldida hamma teng va, afsuski, hammaning sevimli aktyori ham bundan mustasno emas. Ammo yaqinlari mashhur va og‘ir xasta oila bosh’lig‘ini qo‘llab-quvvatlashi hammani hayratlantirdi. Bunday mehr va g‘amxo‘rlikni hech qanday pulga sotib olib bo‘lmaydi.

Natasha Ednan-Laperuza

Marhuma Britaniyaning eng boy tadbirkorlaridan biri — Wow Toys o‘yinchoq ishlab chiqaruvchi kompaniya egasining qizi edi. 15 yoshli Natasha oddiy sendvichdan vafot etadi. Buning sababi kunjut bo‘lib, qiz unga allergiyasi borligini bilar va ovqatda uning mavjudligini doimo oldindan so‘rab-surishtirar edi. Menyuda u tanlagan sendvich tarkibida kunjut yo‘qligi ko‘rsatilgandi, aslida esa Natashaning yeguligi tarkibida bo‘lgan. Shifokorlar yosh merosxo‘rga hech qanday yordam ko‘rsata olmaydi — kuchli anafilaktik shok va yurak to‘xtashi yuz beradi. Otasi sevimli qizining o‘limida aybdorlar jazolanishi uchun barcha imkoniyatlarini ishga soladi.

Bu fojialar boylikka bo‘lgan munosabatimizni, uni har qanday muammoni hal qila oladigan narsa sifatida qayta ko‘rib chiqishga majbur qiladi. Shunchaki hayotimizni “yaxshi kunlar” kelguncha kechiktirmasdan va pul paydo bo‘lishi bilan hamma narsa o‘z-o‘zidan hal bo‘lib qolishiga umid qilmasdan yashashimiz kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oddiy sendvichdan vafot etgan milliarderning qizi: hatto boylar ham har narsaga qodir emas