Ukraina droni suratga olgan Shimoliy Koreya askari
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Ukrainaga qarshi janglar uchun Rossiyaga yuborilgan Shimoliy Koreya harbiylari orasida 200 dan ortiq qurbonlar qayd etildi. Bu haqda Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi huzuridagi Dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi rahbari Andrey Kovalenko o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.
"KXDR harbiylari orasida halok bo‘lganlar va yaradorlar soni tobora ortmoqda. Hozirgi vaqtda o‘lganlar va jarohatlanganlarning umumiy soni 200 kishidan oshib ketdi. Rossiyaliklar koreyslarning muvaffaqiyatsizliklarini yashirish uchun ularni jang maydonidan tezroq evakuatsiya qilishga harakat qilyapti. Biroq Shimoliy Koreya harbiylariga zarbalar, ularning muvaffaqiyatsizliklari va jasadlari aks etgan videolar tarqalmoqda. Shuningdek, tarmoqda shifoxonalardan olingan kadrlar ham paydo bo‘ldi", degan rasmiy.
Kovalenkoga ko‘ra, Rossiya Shimoliy Koreya askarlari hayotini qadrlamaydi. Shu bois ulardan front oldida “tirik qalqon” sifatida foydalanmoqda.
Rossiya hamda Shimoliy Koreya o‘rtasida harbiy hamkorlik aloqalari kuchayib bormoqda. Munosabatlar, ayniqsa, ikki davlat keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilgandan so‘ng yanada rivojlandi.
Pxenyan o‘z ittifoqchisini artilleriya snaryadlari, uzoq masofaga o‘t ochish tizimlari va harbiy kontingent bilan ta’minlab kelmoqda. Avvalroq Shimoliy Koreya Rossiyadan buning evaziga nimalar olishi xabar qilingandi. Rossiya qo‘mondonligi koreys askarlaridan Kursk yo‘nalishidagi yalpi hujumlarda foydalana boshladi.
Biroq ular til bilmaslik va o‘zaro muvofiqlik yo‘qligi kabi muammolarga duch kelmoqda. Avvalroq bu “do‘stona o‘t ochish” holatlariga sabab bo‘lgani xabar qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy va Hindiston Himolaydagi yarim asrlik hududiy nizoni hal qilmoqchi
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda
Rossiya Kursk viloyati va Ukraina sharqida hujumlarni kuchaytirmoqda
Isroilning qariyb 2 mln aholisi qashshoqlikda kun kechirmoqda
Al-Juloniy: “Suriya Afg‘oniston emas va bo‘lmaydi ham”
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Rossiya Isroilni Golan tepaliklari borasida ogohlantirdi