Foto: kremlin.ru
Rossiya prezidenti Vladimir Putin jonli muloqot chog‘ida hozirda Yevropada turgan havo hujumidan mudofaa vositalari «Oreshnik» tizimi raketalarini urib tushira olmasligini aytdi.
Ballistik raketa haqidagi savolga javoban u buning uchun «hech kimda hech qanday imkon yo‘qligi»ni ta’kidladi. U G‘arbdagi «Oreshnik»ning imkoniyatlariga ishonmayotgan ekspertlarga «XXI asrning yuqori texnologiyali dueli» o‘tkazishni taklif qilgan.
«Agar g‘arblik ekspertlar shunday [„Oreshnik“ni urib tushirish mumkin deb] taxmin qilayotgan bo‘lsa, unda bizga va ularga pul to‘layotgan G‘arbdagilarga, AQSHga qandaydir texnologik tajriba, XXI asrning yuqori texnologiyali duelini o‘tkazishni taklif qilishsin. Yo‘q qilish uchun, masalan, Kiyevdagi qandaydir obyektni belgilashsin, o‘sha yerga o‘zlarining barcha havo hujumidan mudofaa va raketa hujumiga qarshi mudofaa vositalarini jamlashsin, biz esa u yerga „Oreshnik“ bilan zarba beramiz. Va nima bo‘lishini ko‘ramiz. Biz bunday eksperimentga tayyormiz. Narigi tomon ham tayyormikin? <…> Biz uchun bu qiziqarli bo‘ladi. <…> Bunday eksperiment, shunday texnologik duel o‘tkazamiz va nima bo‘lishini ko‘ramiz. O‘ylaymanki, biz uchun ham, Amerika tomoni uchun ham foydali bo‘ladi», — degan Putin.
21 noyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin RF qurolli kuchlari o‘rta masofali «Oreshnik» ballistik raketa tizimini qo‘llagan holda Dnipro bo‘ylab zarba yo‘llaganini ma’lum qilgandi. U Rossiya Ukraina qurolli kuchlari g‘arbning uzoq masofali raketalarini o‘zining ichki hududlariga uchirayotganiga javoban shunday qarorga kelinganini aytgandi. Keyinroq Putin «Oreshnik» raketalari yoppasiga qo‘llanganida zarba kuchi «yadroviy qurol qo‘llashnikiga teng bo‘lishi»ni aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy va Hindiston Himolaydagi yarim asrlik hududiy nizoni hal qilmoqchi
Rossiya Kursk viloyati va Ukraina sharqida hujumlarni kuchaytirmoqda
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Al-Juloniy: “Suriya Afg‘oniston emas va bo‘lmaydi ham”
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi
Isroilning qariyb 2 mln aholisi qashshoqlikda kun kechirmoqda
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Rossiya Isroilni Golan tepaliklari borasida ogohlantirdi