06:00 / 21.12.2024
32

Yevropa Ittifoqi va Ukraina Baydenni Kiyevga o‘z vaqtida yordam bermaganlikda aybladi

Yevropa Ittifoqi va Ukraina Baydenni Kiyevga o‘z vaqtida yordam bermaganlikda aybladi
Foto: Getty Images
Jo Bayden prezidentligi davrida Vashington Ukrainaga Rossiyaga qarshi turishda yordam berish uchun 90 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratgan bo‘lsa-da, AQSH ittifoqchilari Amerika prezidentini qat’iyatsizlikda ayblamoqda.

Aksar yevropalik rasmiylarning fikriga ko‘ra, shu sababli ham Ukraina 2022 yil oxirida, rus armiyasi mag‘lubiyatga uchragan va Xarkov hamda Xersondan chekinganida, urushning borishini o‘z foydasiga tubdan o‘zgartira olmadi.

Bloomberg‘ning aniqlik kiritishicha, hozir Oq uy Ukrainani imkon qadar ko‘proq harbiy yordam bilan ta’minlashga harakat qilayotgan va hatto kuzda Rossiya hududiga g‘arb raketalari bilan zarba berishiga ruxsat bergan bo‘lsa-da, Ukraina rasmiylari urush yillarida ko‘p marta shikoyat qilgan narsani takrorlamoqda: juda kam, juda kech.

Tramp hokimiyatga kelishi bilan Kiyev bosib olingan hududlarni qaytarmasdan va NATOga qabul qilinmasdan tinchlik bitimi tuzishdek noxush istiqbolga duch keldi. Bu Baydenning so‘nggi ikki yil ichida qabul qilgan yoki qabul qila olmagan qarorlari oqibatidir”, dedi ukrainalik rasmiylar Bloomberg‘ga.

Ayrim Yevropa yetakchilari ham agar Qo‘shma Shtatlar qat’iyroq harakat qilib, “ko‘proq va ertaroq” qurol bilan ta’minlaganida, bu juda ijobiy oqibatlarga olib kelishi”ga ishonch bildirgan.

2022 yilning kuzida Ukraina qo‘shinlari Xarkov va Xerson viloyatining bir qismini ozod qilib, tezkor hujumga o‘tgan edi. Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy Baydendan Ukraina armiyasi o‘z ustunliklarini rivojlantirishi uchun ko‘proq qurol-yarog‘ berishni so‘ragan. Ammo Bayden ikkilangan. O‘sh avaqtda Putin va boshqa yuqori martabali rossiyalik amaldorlar Zaporojya, Xerson, Donetsk va Lugansk viloyatlarining bir qismini qaytarib olishga uringanlik uchun yadroviy zarbalar berish bilan tahdid qilgan.

Oq uyning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivanning so‘zlariga ko‘ra, Baydenning xatti-harakatlari haqiqatan ham asosan yadroviy kuchayish ehtimoli bilan bog‘liq bo‘lgan. Buyuk Britaniyaning sobiq mudofaa vaziri Grant Shappsning ta’kidlashicha, “Bayden Ukrainani Rossiya agressiyasiga qarshi turishda qo‘llab-quvvatlash muhimligini bilgan. Ammo, u ko‘pincha juda ehtiyotkor va qat’iyatsiz harakat qilgan, bu esa unga frontdagi kuchlar muvozanatini o‘zgartirish uchun zarur bo‘lgan hal qiluvchi yordamni berishga to‘sqinlik qilgan”.

Ikki oliy martabali yevropalik rasmiyning aniqlik kiritishicha, Bayden strategiyasi Ukrainani mag‘lubiyatga uchratishning oldini olishga qaratilgan bo‘lsa-da, biroq u g‘alaba sari yo‘lni aniq ko‘rsatmagan. Ularning fikricha, bu Ukrainani o‘n minglab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan uzoq davom etgan mojaroga tortilishiga olib kelgan.

Ukraina armiyasining 2022 yil kuzidagi g‘alabalari Rossiya bilan Kiyev uchun qulay shartlarda jangovar harakatlarni tugatish uchun muzokaralar boshlashga yana bir imkoniyat berdi.

Rossiya qo‘shinlari haqiqatan ham katta yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda. Siz kuchli va raqibingiz kuchsiz bo‘lgan bir paytda muzokaralar olib borish maqsadga muvofiqdir”, deya AQSH shtab boshliqlari qo‘mitasining o‘sha paytdagi raisi Mark Milli ushbu taklifni ilgari surgan.

Biroq, o‘sha paytda bunday takliflar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigandek tuyulgan. G‘arb siyosatchilari muzokaralarga qachon kirishishni faqat ukrainaliklarning o‘zi hal qilishini ochiq va yashirin tarzda bir necha bor ta’kidlagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevropa Ittifoqi va Ukraina Baydenni Kiyevga o‘z vaqtida yordam bermaganlikda aybladi