17:17 / 23.12.2024
4

Yaponiya savdo tarmoqlarida O‘zbekiston mahsulotlari sotuvi yo‘lga qo‘yiladi

Yaponiya savdo tarmoqlarida O‘zbekiston mahsulotlari sotuvi yo‘lga qo‘yiladi
Foto: Dunyo
O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi delegatsiyasi ishchi tashrif bilan ushbu mamlakatning Okayama prefekturasiga bordi. Tashrif mamlakatning iqtisodiy diplomatiya siyosatini faol ilgari surish, Yaponiya hududlari bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, turizm va ta’lim sohalarida aloqalarni kengaytirish maqsadida uyushtirildi.

Okayama prefekturasi gubernatori Ryuta Ibaragi bilan uchrashuv davomida ushbu prefektura hamda mamlakat hududlari o‘rtasida iqtisodiy, madaniy, turizm, ta’lim va qonuniy mehnat migratsiyasi sohalarida aloqalarni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Gubernator Okayama prefekturasi Yaponiyada yuqori sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, jumladan uzum va shaftoli yetishtirish bo‘yicha yetakchi hududlardan biri ekanini ma’lum qildi. Shu bilan birga, prefekturada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda innovatsion ishlanmalardan keng foydalanilishi aytib o‘tildi. Yaponiya tomoni ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston bilan tajriba almashishga tayyorligi ham bildirdi.

Okayama shahri meri Masao Omori bilan bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida asosiy e’tibor hududlararo iqtisodiy va turizm sohasidagi hamkorlik rivojlantirishga qaratildi.

Mer mamlakatning ushbu yo‘nalishlarda salohiyati juda yuqori ekanini alohida ta’kidlab, Okayama shahrida O‘zbekiston targ‘ibot dasturlari va tadbirlarini o‘tkazishga amaliy yordam ko‘rsatishga tayyorligi tasdiqladi.

Tashrif davomida O‘zbekiston diplomatlari Tenmaya Co. Ltd kompaniyasi prezidenti Kazuyoshi Saito bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Unda O‘zbekistondan Yaponiyaga mahsulotlar eksportini oshirish, Tenmaya savdo tarmoqlarida mamlakat mahsulotlari sotuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Tenmaya Co. Ltd kompaniyasi prezidenti Kazuyoshi Saito Tenmaya savdo tarmoqlarida O‘zbekiston quritilgan mevalari savdosini amalga oshirishga qiziqish bildirildi. Ushbu masalani Nagoya shahrida joylashgan "O‘zbekiston savdo uyi" imkoniyatlaridan foydalangan holda ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Tokiwa Group kompaniyasi hamda Okayama Plaza Hotel prezidenti - bosh ijrochi direktori Kyuichiro Nagayama bilan olib borilgan muzokaralar ham samarali kechdi.

Kyuichiro Nagayama O‘zbekistonga bo‘lgan biznes-sherigi orqali mamlakatimizdagi iqtisodiy muhit, investorlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot olganini va qiziqishi ortganini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida 2025 yilning birinchi choragida Kyuichiro Nagayama boshchiligidagi Tokiwa Group kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga biznes-missiyasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiya savdo tarmoqlarida O‘zbekiston mahsulotlari sotuvi yo‘lga qo‘yiladi